Majburiy sug'urta
Download 10.72 Kb.
|
majburiy sug\'urta Fuqorolarni ijtimoiy himoyalashda majburiy sug\'urtaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy sug‘urta turlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ECONOMICS TAQDIMOT Mavzu: majburiy sug'urta. Fuqorolarni ijtimoiy himoyalashda majburiy sug'urtaning o’rni Bajardi: 1- bosqich MSD – 15 guruhi talabasi G'ayratova Odinaxon Rahimjon qizi Qabul qiluvchi: ____________________ Toshkent – 2023Reja:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Majburiy sug‘urta turlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi. Qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qildiruvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan sug‘urta qilish majburiyati qonun bilan yuklanishi majburiy sug‘urta deb ataladi. Majburiy sug‘urta turlari:
Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart. Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin. Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalangan shaxsning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan yoki uning boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi bo‘yicha yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyati yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta obektidir. Hayot va sog‘likka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi, mol-mulkka zarar yetkazish xavfining majburiy sug‘urtasi va fuqarolik javobgarlikni majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta qilishning turlari hisoblanadi. Qonunda mazkur majburiy sug‘urta turlari bir butun kompleks yoki alohida tur sifatida belgilab berilishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. umumiylik; majburiylik; jabrlanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining qonun bilan kafolatlanishi. Sug‘urtalovchi, cug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi va jabrlanuvchi majburiy sug‘urta turlarining sub'yektlaridir. Download 10.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling