Majburiy sug'urta


Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega


Download 10.72 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi10.72 Kb.
#1626641
1   2   3
Bog'liq
majburiy sug\'urta Fuqorolarni ijtimoiy himoyalashda majburiy sug\'urtaning

Sug‘urta qildiruvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini tanlash;
  • sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
  • sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
  • majburiy sug‘urta shartnomasi muddatidan avval tugatilganda, sug‘urta mukofotini majburiy sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq olish.

Sug‘urta qildiruvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
  • Qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan qonunga muvofiq sug‘urtalashi;
  • majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha va qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi;
  • sug‘urta shartnomasiga oid holatlar to‘g‘risida sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar berishi;
  • sug‘urta qildiruvchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
  • sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat etish;
  • qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalovchidan sug‘urta tovonini olish;
  • sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida bepul axborot olish;
  • agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi.

Xulosa
 
Aholini ijtimoiy himoya qilish ma’naviyatli jamiyat mavjud bo‘lishining zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur muammoni o‘rganish insonning munosib va ijtimoiy maqbul sifatga ega bo‘lgan turmush kechirishini ta’minlaydigan qonunchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-psihologik tizim ijtimoiy himoyani aniqlash imkonini beradi.
Insonni ijtimoiy himoya qilishning asosiy institutlari-davlat, kasab uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalaridir. Aytni vaqtda ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy kafolatlarga asoslanadi. Bu kafolatlar qonunlarda qayt etilgan.
Adabiyotlar ro‘yxati
 
1.Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Oliy o‘quv yurti studentlari uchun darslik – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008 y. .- 656 b.
2.ErgashevF., Raximova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov Sh. Innovatsion menejment. Darslik.T.: «Akademiya», 2005y
Download 10.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling