University of business and science nodavlat oliy ta’lim
Download 130.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqYuldasheva F. (Yoshlarga murojaat)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHLARG‘A MUROJAAT
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI 22-39 guruh talabasi Yuldasheva Farog‘at Bahodirjon qizining Falsafa fanidan Mavzu: M.Bexbudiyning “Yoshlarga murojaat” va “Muhtaram yoshlarga murojaat” maqolalarini tahlil etish va esse tayyorlash. Topshirdi: IQ 22-39 guruh talabasi F.Yuldasheva Qabul qildi: _______________ Mahmudxoʻja Behbudiy (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. Behbudiy 1914-yilda „Samarqand“ gazetasini chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2-marta chop etildi. 45-soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20-avgustdan u „Oyna“ jurnali chiqara boshladi. Haftalik, suratli bu jurnal asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib borildi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi. „Oyna“ jurnalida millat va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Behbudiy millatning taraqqiyoti uchun bir necha til bilishni shart deb biladi. Jurnalning birinchi sonidayoq „Ikki emas, toʻrt til lozim“, degan maqola bilan chiqib, oʻzbek, tojik, arab, rus va hatto biror uzoq xorij (masalan, fransuz) tilini bilishni shart deb hisobladi. Ayni paytda tilning muhofazasi, oʻzaro munosabatlari haqida muhim va zarur maqolalar chop etdi. Bundan tashqari Behbudiy yoshlarni bilim olishga undovchi maqolalar chop etgan. Bular sirasiga “YOSHLARG‘A MUROJAAT” va “MUHTARAM YOSHLARG‘A MUROJAAT” maqolalarini kiritishimiz mumkin. YOSHLARG‘A MUROJAAT Bizni Turkiston va Buxoroda bir sinf muhtaram yoshlar mavjuddurki, hukumat mahkamalarinda tijoratxona, bonka va korxonalarg‘a kotib, tarjimon, molfurush va dallollik yoinki nasyachinlik ila mashg‘uldurlar va bu sinf ahlining adadi bugun Buxoro va Turkistonda minglarchadur. Ana yoshlarg‘a murojaatdan murod shu sinf ahlidan bo‘lgan hamvatanlarimizg‘a bir necha kalima arz qilmoqdur. Lutfan so‘zimizni tinglasalar, deb iltimos qilamiz. Va kamoli ehtirom ila ul janoblarg‘a bayon qilarmizki, sizlardan aksaringiz savqi qadar va yoinki savqi tabiat ila bir nav’i bo‘lub, ruscha bir oz o‘qub-yozmoqg‘a va yoinki faqat so‘ylamoqg‘a qodir bo‘lubsiz va bu ozgina zamoniy bilgu sababidan vazifa olib, yengillik va bir oz rifohiyat ila umr o‘tkarursizki, Tangrim ziyoda etsun! Va sizlarni ozgina ilmi zamoniy bilganingiz, albatta, naf’ kelturdi va alhamdulilloh dini mubing‘a ham yaxshi mu’taqidsiz va bu ilmiy zamoniy e’tiqodingizni buzmadi. Zotan islomiyat shunday bir dini matin va qobili taraqqiydurki, na qadar ilmi zamoniy ko‘b o‘qusa, insonni yana dini islomg‘a shuncha aqidasi mustahkam bo‘lur. Chunonchi, ilmi zamoniy ko‘b o‘qug‘on Ovrupo ulamolarini(ng) eng nomdor va davlatliklaridan musulmon bo‘lub turgonlari jaridaxonlarg‘a ma’lumdur. Bas, sabab bo‘ldiki, ilmi zamoniy islomiyatg‘a zarar qilmoq nari tursun foyda etar, endi matlabg‘a kelayluk. Muhtaram birodarlar! Siz xidmat qilaturgon doiralarda sizdan katta va sizdan oz ishlaydurgon va sizlarg‘a ish buyuraturg‘on kishilar borki, sizdan besh, hatto, yigirma daf’a ziyoda vazifa olur. (Ba’zi bonka va tijoratxonalarda oyinda besh yuz so‘m, hatto ming so‘m olaturgon kishilar bor va alarni tijorat maktabig‘a o‘qugoni besh-olti yilginadur.) Muning sababi nadur? Sizning qo‘l ostingizda sizdan ko‘p ishlaydurgon va qattig‘ xidmat qilaturgon va yuk ko‘tara turgon musulmon va yo o‘ruslar borki, sizdan ham oz vazifa olur. Muning sababi nadur? Albatta, munga javob berursizki, bizni ustimizdan qaraydurgonlarni(ng) «ilmi zamoniy»si bizdan ziyoda va mehnatkashlarni ilmi bizga ham emas. Mana sabab shudur. Biz ham dermizki, javobingiz durust. Bas, ma’lum bo‘ldiki, hozirgi zamon ishlarig‘a xoh tijorat va hukumat va san’atxonalarga bo‘lsun, kirib vazifa olmoqg‘a va ish qilmoqg‘a ilmi zamoniy degan nimarsa lozim ekan va har kim baqadar bilgusi vazifa olur ekan. Bas, siz muhtaramlar ham o‘z avlodingizni va aziz bolalaringizni, agarda xohlasangizki, sizdan ko‘ra taraqqiy etsa, din va millatg‘a xizmat etsa. (Din va millatg‘a xizmat ilm va oqcha ila bo‘lur.) Shu ilmi zamoniyni tahsil qilmoq uchun harakat qilmog‘ingiz lozimdur. Hamvatanlarimiz mulkini sotib to‘y qilganidek siz-da, hatto, lozim bo‘lganda mulkingizni sotsangizda o‘g‘lingizni zamoncha o‘qumoqig‘a sa’y qilsangiz. To‘yga isrof qilinaturgon oqchalarni o‘qumoq yo‘lig‘a sarf qilsangiz! Zamoncha o‘qutmoq tariqasidan boshqa maqolada arz qilinur. Download 130.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling