Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati


Download 24 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi24 Kb.
#1247284
Bog'liq
Majburiyat


Majburiyat (huquqda) — fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va h. k.)ga yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining M.ini bajarishni talab qilish huquqiga ega. M. kelib chiqish asoslari, javobgarlik shartlari va shakllariga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi: shartnomaga asoslangan M., shartnomaga asoslanmagan (delikt) M. Shartnomaga asoslangan M.ning turlari, predmeti, yaʼni qaysi maqsadga erishishga qaratilgan boʻlishi, taraflari va ularning huquq-burchlari, M.ni bajarmaslikning oqibatlari va boshqa jihatlari OʻzR Fuqarolik kodeksida bayon qilingan (29— 56-boblar.). Shartnomaga asoslanmagan, yaʼni zarar yetkazishdan kelib chiqadigan M.ga kodeksning 57—58-boblari bagʻishlanadi. Ularda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan M.ga xos umumiy qoidalar; fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash M.i; tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash M.i koʻrsatib berilgan. Shartnomaga asoslangan M. taraflarning erkiga asosan va kelishuvi bilan vujudga keladi, bunday M.ning taraflari va uning predmeti, qanday maqsadga qaratilishi oldindan maʼlum va aniq belgilangan boʻladi, M. bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni belgilashda taraflarning aybi hisobga olinadi. Shartnomaga asoslanmagan M. taraflarning erki, xohishidan tashqari vujudga keladi, taraflar zarar yetkazilgandan keyin maʼlum boʻladi, predmeti zararning turi, hajmi, darajasiga qarab belgilanadi, javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar belgilanadi. Zarar yetkazuvchi faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina javobgarliqdan ozod boʻlishi mumkin.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling