Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari


Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari


Download 96 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi96 Kb.
#1146124
1   2   3   4   5
Bog'liq
1353148944 39783

2. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari
Fuqarolik huquqlari va burchlarini keltirib chiqaradigan holatlar maj-buriyatga oid huquqiy munosabatlarni ham vujudga keltiradigan asoslar bo`lib, ular FKning 8-moddasida ko`rsatilgan. FKning 234-moddasida normalanganidek, majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Ma`lumki, FKning deyarli barcha me`yorlari shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni tartibga solishga qaratilgan. Bu huquqiy nor-malar vositasida tartibga solinadigan majburiyatlar jumlasiga mulkni bosh-qa shaxsning egaligiga topshirish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya shartno-malari)dan, mulkni operativ boshqarish huquqini o`tkazish (mahsulot yetkazib berish shartnomasi)dan, foydalanish huquqini o`tkazish (mulk ijarasi va uy-joy ijarasi, tekin foydalanish to`g`risidagi shartnomalar)dan, biror ishni bajarish yoki xizmat ko`rsatish (pudrat, yuk tashish, topshiriq, vositachilik, sug`urta, transport ekspeditsiyasi shartnomalari)dan va boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar kiradi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida turi tadbirkorlik subyektlari o`rtasida tuzi-ladigan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar alohida aha-miyatga egadir.
Davlat organlarining qonunda fuqarolik huquq va majburiyatlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan hujjatlari ham majbu-riyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday hujjatlar turli ko`rinishlarda – davlat buyurtmasi yoki ma`muriy hujjatlar shaklida bo`lishi mumkin.
Masalan, “Qishloq xo`jaligi ekinlarini bahorgi ekishni uyushqoqlik bilan o`tkazish hamda 2000-yilda davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadi-gan qishloq xo`jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblarni o`z vaqtida ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi qarori[127]ga ko`ra, 2000-yil uchun paxta tolasining davlat haridlari hajmi uni yetishtirish hajmining 30 foizi darajasida saqlab qolingan. Davlat haridlari asosan FKning 457-464-mod-dalarida belgilangan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazish bo`yicha davlat kontrakti (shartnomalari) asosida amalga oshiriladi. Ushbu davlat buyurtmasi uning taraflari mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) va davlat tayyorlov tashkiloti o`rtasida tegishli majburiyatlarni yuzaga keltiradi.
Fuqarolarga uy-joylardan foydalanish huquqini beradigan order ham ma`muriy dalolatnoma sifatida uy boshqarmasi bilan order olgan fuqaro o`rtasida uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishga va shu bilan muayyan majburiyatlarni vujudga keltirishga asos bo`ladi.
Fuqarolik huquqiy majburiyat sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlar (hal qiluv qarorlari, ajrimlar, hukmlar) asosida ham vujudga kelishi mumkin. Qonun yo`l qo`ygan asoslarda mol-mulkning mulk sifatida olini-shi natijasida ham (masalan, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat hosil bo`lganligi sababli) majburiyat kelib chiqishi mumkin. Bir tomon-lama bitimlar ham fuqarolik huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaruvchi yuridik faktlar jumlasiga kiradi. Bunday bitimga muvofiq shaxsning erki ikkinchi bir shaxsga huquq va majburiyat keltirib chiqaradi. Bir tomon-lama bitimlarga misol qilib vasiyatnomani ko`rsatish mumkin. Vasiyat bo`yicha, masalan, mulk olish huquqi va marhumning qarzlarini to`lash majburiyati vujudga kelishi mumkin.
Yaratilgan ixtiro va foydali model, buyumlarning sanoat namunalari, fan, adabiyot hamda san`at asarlari qonun talablariga javob berishi kerak. Tegishli qonunlardagi normalarga muvofiq bu yaratilgan narsalar uni yaratgan shaxs bilan o`zga shaxslar, shuningdek, tegishli davlat tashki-lotlari o`rtasida majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo`ladi.
FKning 234-moddasida ko`rsatilganidek, fuqaroga yoki tashkilotga ziyon yetkazish ham muayyan majburiyatlar tug`diradi. Bunday majbu-riyatlar, odatda, shartlashilmagan majburiyatlar deb ataladi.
Majburiyatlar qonunlarda belgilanganidek, hech bir asoslarsiz boshqa shaxsning mol-mulkini egallab olishi yoki tejab qolishidan kelib chiqadi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim, agar buning imkoniyati bo`lmasa, mol-mulk qo`lga kiritilishi paytidagi haqiqiy qiymatini to`lash, agar qo`lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiyma-tini to`lamagan bo`lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o`zgarishi tufayli ko`rilgan zararni to`lash majburiyati vujudga keladi.
Boshqa shaxslarning ishlarini topshiriqsiz bajarganlik sababli kelib chiqadigan majburiyatlar to`g`risidagi qoidalar ham qonunlarda mavjud.
Qonunlarda ko`rsatilishicha, boshqa shaxs manfaatlarini ko`zlab topshiriq olmay harakat qilgan shaxs, shu munosabat bilan qilgan zarur xarajatlarning, shuningdek boshqa haqiqiy zararni to`lanishini talab qi-lishga haqli. Agar manfaatdor shaxs topshiriq olmay harakat qilgan shaxsning ishini ma`qullasa, bunday hollarda FKning topshiriq shartnoma to`g`risidagi qoidalari qo`llaniladi va majburiyatlarning kelib chiqishiga asos bo`ladi.
Fuqarolik huquqiy majburiyatlari tanlov e`lon qilishdan ham kelib chiqishi mumkin. Mukofot to`lashni oshkora va`da qilish ommaviy tanlov e`lon qilishdan kelib chiqadigan majburiyatlarda muayyan ishni eng yaxshi bajarganlik yoki boshqa natijalarga erishganlik pul mukofoti to`lash yoki boshqa mukofot berish to`g`risida ommaviyy tanlov e`lon qilgan shaxs tanlovni o`tkazish shartlariga muvofiq uning g`olibi deb topilgan shaxsga shartlashilgan mukofotni to`lashi lozim.
Majburiyatga oid huquqiy munosabatlar hodisalardan ham kelib chiqadi. Bunga misol qilib tabiiy hodisalar, masalan, yong`in yoki zilzila natijasida ijaraga topshirilgan mulkning zararlanishi tufayli sug`urta organiga nisbatan kelib chiqadigan majburiyatlarni ko`rsatish mumkin.
Majburiyatlar qonunda ko`rsatilgan hollarda boshqa asoslardan ham kelib chiqishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor va kreditor bo`lib ishtirok etuvchilar, fuqarolik huquqlari va majburiyatlariga ega bo`la oladigan shaxslar bo`lishlari kerak. Majburiyatga oid munosabatlarda kreditor va qarzdor sifatida fuqarolar, yuridik shaxslar shuningdek, ba'zi hollarda O`zbekiston Respublikasi ham subyekt bo`lib ishtirok etishi mumkin.
Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda) qatnashuvchi shaxslar bir vaqtning o`zida ham kreditor, ham qarzdor bo`lib hisoblanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi narsani talab qilib olish yuzasidan – kreditor, uning summasini to`lash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya'ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish huquqi, ham majburiyat bo`lsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama shartnomalar) murakkab majburiyatlar deb ham yuritiladi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling