Majburiyatlar auditi


Download 107.83 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi107.83 Kb.
#1831953
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Majburiyatlar auditi



13-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI
13-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI
REJA:


13.1.Korxona uzoq muddatli majburiyatlarining xususiyatlari
13.2.Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
13.3.Uzoq muddatli majburiyatlar auditida amalga oshiriladigan audit amallari
13.4.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditi
13.5. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi


13.1.Korxona uzoq muddatli majburiyatlarining xususiyatlari.
Uzoq muddatli majburiyatlar o’z ichiga obligatsiyalar va ipoteka qarzlarini oladi. Uzoq muddatli majburiyatlarning murakkabroq turi ta’minlangan ipoteka obligatsiyasi, qaytarib sotib olish huquqi, moliyaviy fyucherslar, derivativlar, optsion va rejalashtirilmagan boshqa moliyaviy instrumentlardir. Yuqoridagi kabi murakkab moliyaviy majburiyatlarning hamda xususiy kapitalning hisobi va auditining yuritilishi quyidagi keltiriladi. Kapitallashtirilgan ijara shartnoma majburiyatlari ham uzoq muddatli majburiyatlarga kiradi. Uzoq muddatli majburiyatlar auditi obligatsiyalar, moliyaviy instrumentlar, to’lanadigan foizlar va foiz xarajatlaridagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
Uzoq muddatli majburiyatlarning juda ko’p o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bu xususiyatlar bajariladigan audit amallariga ta’sir qiladi. Masalan, majburiyat aktsiyaga konvertatsiya qilinishi yoki varrant, optsion (huquq) bilan birlashtirilib xususiy kapitalga almashtirilishi mumkin. Qarz ma’lum bir shartlar bilan bo’lishi yoki korxona qarzni yopa olishini tasdiqlashni talab qilishi mumkin. Umuman aytganda majburiyatlar korxona aktivlari bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmagan bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli majburiyatlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi moliyaviy hisobotning boshqa ko’rsatkichlarini tekshirish kabi o’tkaziladi. Auditor balansda ko’rsatilgan uzoq muddatli majburiyatlar satridagi summalarning noto’g’ri raqamlarni ko’rsatmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu moliyaviy hisobotdagi foiz xarajatlarini ham qamrab oladi.
Uzoq muddatli majburiyatlar auditida auditor tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy faoliyatdagi ishtiroki hajmini aniqlashi kerak. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar tez-tez amalga oshiriladigan korxonalarda nazorat riskini aniqlash uchun korxonaning ichki nazorat tizimini o’zrganish, so’rov yoki test savollari yordamida nazoratning qay darajada amalga oshirilayotganligini baholash kerak bo’ladi. Bunday holda ko’pincha auditordan uzoq muddatli majburiyatlarni aynan ular bilan bog’liq bo’lgan foiz xarajatlarini hisobga oluvchi schetlar bilan o’rganib chiqishni talab etadi.



Derivativlar tufayli Orinj okrugi va yirik korxonalarda yuz bergan yo’qotishlar.
Derivativlar – bu ikki tomon o’rtasidagi kelishuv shartnomasi bo’lib, ma’lum bir aktivlarni, ayni bir narx bo’yicha masalan, valyuta, aktsiya, xom-ashyo, foiz stavkasini yoki fond bozoridan yoki boshqa bir indikatordan olish huquqini beradi. Derivativlar bilan bog’liq risklarni nazorat qilish juda qiyin bo’lib, ularni aql bilan boshqarish kerak, shuningdek ko’p hollarda ular foydali bitim bo’lish bilan birga juda yuqori risklilikka ega.






Download 107.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling