Majburiyatlar auditi
Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
Download 107.83 Kb.
|
Majburiyatlar auditi
13.2. Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
Odatda qarz mablag’lari va obligatsiyalar bilan bog’liq tavakkalchiliklar darajasi past baholanadi. Bu uzoq muddatli majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmining katta emasligi, ular hisobini yuritish murakkab emasligi, tekshirilayotgan mijoz tez-tez ikki tomonlama solishtirma hisobot va qarzni so’ndirish bo’yicha amortizatsiya jadvalini olish imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ammo qaralayotgan mablag’ning kattaligi, fond bozorlarida yuqorida aytilgandek, murakkab, alohida xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy instrumentlarning kirib kelishi bu jarayonlarning riskliligini oshirib bormoqda.
Tekshirilayotgan korxonada auditor o’zining mustaqil audit amallarini bajarishi uchun mijoz korxonadagi majburiyatlar yuzasidan mavjud ichki nazorat tizimini o’rganib chiqishi, tekshirish uchun bajaradigan amallariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan haqqoniy bo’lmagan ko’rsatkichlarni niqlashi kerak bo’ladi. Korxonadagi uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan nazorat riski, nazorat uchun amalga oshirilayotgan operatsiyalar umumiy moddiy yo’qotishlarni imkon darajada pasaytirish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olinishini tekshirishda auditor hisobning bir qancha tomonlarini o’rganib, o’zi uchun tasdiqlab olishi kerak. Bular, majburiyatlarning kelib chiqishi, majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomalarning mavjudligi, operatsiyalar to’liqligi, baholanishi va klassifikatsiyasi. Quyidagilar uzoq muddatli majburiyatlarning umumiy nazoratida mavjud bo’lishi kerak bo’lgan jihatlar. Majburiyatlarning kelib chiqishi va maxsus ijozatga ega ekanligi. Korxonada shunday nazorat muhiti bo’lishi kerakki, har qanday uzoq muddatli majburiyat korxonadagi mas’ul shaxs tmonidan amalga oshirilishi kerak. Birinchidan, majburiyat yuzaga kelishi bilan bog’liq hujjatlar tekshrilib, majburiyatni amalga oshirish uchun ruxsat mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilganligi auditorga yuqoridagi operatsiya to’liq va maqsadli amalga oshirilgan yoki yo’qligini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, har qanday katta summadagi majburiyatlar direktorlar kengashi yoki shu kabi vazifalarga mas’ul bo’lgan rahbarning yozma tasdig’i bilan amalga oshirilishi kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar qayta-qayta takrorlanadigan korxonalarda ham umumiy nazorat ham hududiy nazorat amalga oshirilishi kerak. Direktorlar kengashi korxona moliyaviy faoliyati yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirsa, ma’lum bir majburiyat yoki to’lov yuzasidan nazoratni rahbar yoki moliyaviy menejer amalga oshiradi. Moliyaviy menejer ma’lum bir uzoq muddatli majburiyatbilan bog’liq operatsiyani tuzilishi va amalga oshirilishi ustidan mas’ul bo’lsa boshqa bir nazorat organi, masalan, direktorlar kengashining moliyaviy ishlar komissiyasi umumiy nazoratni amalga oshiradi. Agar tekshirilayotgan mijozda uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan yuqorida keltirilgan nazorat muhiti kabi muhit mavjud bo’lsa, odatda auditor o’z oldiga aniqlashni maqsad qilib qo’ygan majburiyatning kelib chiqishi va maxsus ijozatning mavjudligiga ishonishi mumkin. Download 107.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling