Majburiyатlar hisobi
Kt Qisqa muddatli to`lanadigan veksel bo`yicha chegirma 3000 2003 yil 31 dekabr – Moliyaviy natijalari to`g`risidagi hisobot
Download 52.46 Kb.
|
MAJBURIYATLAR HISOBI
Kt Qisqa muddatli to`lanadigan veksel bo`yicha chegirma 3000
2003 yil 31 dekabr – Moliyaviy natijalari to`g`risidagi hisobot; Foiz ko`rinishidagi sarflar 3000 Buxgalteriya balansi: (joriy majburiyatlar): Тo`lanadigan veksel 100000 Minus amortizatsiya qilinmagan chegirma 9000 Тo`lanadigan vekselning balans qiymati 91000 2004 yil 30 sentyabr – qolgan chegirma summasini amortizatsiya qilinishi va vekselning nominal summasining to`lanishi: Dt Foizlar bo`yicha xarajat (100000 x 12 %) (9/12) 9000 Kt Qisqa muddatli to`lanadigan veksel bo`yicha chegirma 9000 Dt Тo`lanadigan veksel (qisqa muddatli) 100000 Kt Pul mablag`lari 100000 Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobi Muddati uzaytirilgan majburiyatlarning joriy qismi deb, daromad olish yoki majburiyatni qondirish jarayoni bir necha muddat davomida amalga oshadigan xo`jalik muomalalarining hisobot davriga tegishli qismiga aytiladi. Yangi hisob-varaqlar rejasida bunday xo`jalik muomalalarini hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko`zda tutilgan: «Muddati uzaytirilgan daromadlar» «Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar» «Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirtmalar)» «Muddati uzaytirilgan mukofotlar (ustamalar)» «Boshqa muddati uzaytirilgan majburiyatlar» «Muddati uzaytirilgan daromadlar» hisobvarag`i hisobot davrida bo`nak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga ham tegishli bo`lgan daro-madlar haqidagi ma`lumotlarni aks ettirish uchun mo`ljallangan. Muddati uzay-tirilgan daromadlarga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: o`quv yurtlarida ta`lim olish uchun oldindan qilingan to`lovlar; ijara to`lovlari; havo va temir yo`l transporti chiptalarini oldindan sotilishidan olingan mablag`lar; davriy nashrlarga oldindan qilingan obuna to`lovlari va boshqalar. 4-misol. «XYZ» kompaniyasi 2004 yilning 1 noyabr kuni 6 oy muddatga vaqtinchalik bo`sh turgan asosiy vositasini ijaraga berdi. Shartnoma summasi 120000 so`m bo`lib, ijaraga olgan tashkilot bu summani o`sha kuniyoq «XYZ» kompa-niyasining hisob-kitob hisobvarag`iga o`tkazib berdi. Bu xo`jalik muomalalari ijaraga bergan tashkilot buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 2004 yilning 1 noyabr kunida, pul mablag`larining kelib tushishiga Download 52.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling