Majburiyатlar hisobi
diskontlangan qiymat usuli -
Download 52.46 Kb.
|
MAJBURIYATLAR HISOBI
diskontlangan qiymat usuli - bu usulda majburiyat kelgusida uni qop-lash uchun sarf bo`ladigan pul oqimlarining diskont qiymatida aks ettiriladi.Masalan, «XYZ» korxonasi avval sotib olingan aktivlar bo`yicha yuzaga kelgan 90000 so`mlik savdo kreditorlik qarzini uzish uchun, to`lov muddati 6 oydan keyin keladigan 100000 so`mlik veksel yozib berdi. Shunga ko`ra mol etkazib beruvchi oldida to`lanadigan veksellar bo`yicha 100000 so`mlik majburiyat yuzaga keldi.
Dt «Тo`lanadigan hisobvaraqlar» 90000 Dt «Muddati uzaytirilgan diskont» 10000 Kt «Тo`lanadigan veksellar» 100000 Majburiyatlarning turkumlanishiKorxonalarning majburiyatlari quyidagi belgilar bo`yicha turkumlanishi mumkin: foydalanish muddatiga ko`ra; baholashning aniqligiga ko`ra; Foydalanish muddatiga ko`ra majburiyatlar joriy va uzoq muddatli bo`lishi mumkin. Balans hisoboti sanasidan boshlab bir yil davomida yoki bir yildan ko`p bo`lgan oddiy operatsion tsikl davomida to`lanishi ko`zda tutilgan majburiyatlar joriy majburiyatlar deb ta`riflanadi. Bu ta`rifga javob bermaydigan majbu-riyatlar uzoq muddatli majburiyatlar deb e`tirof etiladi. Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga ko`ra joriy va uzoq mud-datli majburiyatlar tarkibida hisobga olinishi mumkin bo`lgan yo`nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar Berilgan veksellar bo`yicha majburiyatlar Obligatsiyalar muomalasi bilan bog`liq majburiyatlar Хarajatlar bilan bog`liq hisoblangan majburiyatlar Olingan bo`naklar va qaytariladigan depozitlar Muddati o`zaytirilgan daromadlar Hisoblangan soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar Korxona ta`sischilari oldidagi majburiyatlar Хodimlar oldidagi majburiyatlar Moliyalashtirilgan va joriy lizing bo`yicha majburiyatlar Hisoblangan foizlar bo`yicha majburiyatlar Shartli majburiyatlar Olingan kredit va qarzlar bo`yicha majburiyatlar Boshqa majburiyatlar Baholashning aniqligiga ko`ra majburiyatlarning turkumlanishi A.M. Ger-shun tahriri ostida bir guruh rus mutaxassislari tomonidan yaratilgan «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo`llash»1 deb nomlangan o`quv qo`llanmasida yaxshi yoritilgan. Unga ko`ra baholashning aniqligi bo`yicha majburiyatlar: haqiqiy; baholangan; shartli holida bo`lishi mumkin. Haqiqiy majburiyatlar harakatdagi shartnomalar, bitimlar va qonunchilik asosida yuzaga kelib ularga quyidagilarni kiritish mumkin: olingan hisobvaraqlar bo`yicha majburiyatlar; berilgan veksellar bo`yicha majburiyatlar; ta`sischilarga hisoblangan dividendlar bo`yicha majburiyatlar; hisoblangan soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar; hisoblangan ish haqi bo`yicha majburiyatlar va boshqalar. Baholangan majburiyatlar deganda, ma`lum bir sana yuzaga kelmagunga qadar aniq qiymatini belgilab bo`lmaydigan majburiyatlar tushuniladi. Ularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: foyda solig`i bo`yicha majburiyat. Bu majburiyatni to hamma moliyaviy xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobida o`z aksini topib, soliq hisobi qilinmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi; kafolat majburiyatlari. Bu majburiyatlarning haqiqiy qiymatini xari-dorlar tomonidan mahsulotlardan foydalanish boshlangandagina aniq-lash mumkin; xodimlarga mehnat ta`tili xarajatlarini qoplash bo`yicha majburiyatlar. Bu majburiyat summasini mehnat ta`tiliga chiqish jadvali tasdiq-lanmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi. Shartli majburiyatlar – bular: avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, ularning mavjudligiga kelgusida yuz berishi mumkin bo`lgan bir yoki bir necha noaniq hodisalar orqali aniqlik kiritish mumkin. avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, kelgusida ular tan olinmasligi mumkin, chunki: majburiyatni qondirish uchun keyinchalik iqtisodiy samara kelti-rishi mumkin bo`lgan resursning chiqib ketish ehtimoli mavjud emas; majburiyat summasini aniq tarzda baholashning imkoni mavjud emas. Masalan, korxonaga nisbatan uning mijozi sud jarayonini boshlagan. Sud jarayonida korxonaga nisbatan jarima to`lash bo`yicha qaror chikishi mumkin. Lekin moliyaviy hisobot tuzish sanasiga, jarima summasi ham va sud qarori ham mavjud bo`lmasligi mumkin. Yaьni jarayon yakunida majburiyat yuzaga kelishi ham, kelmas-ligi ham mumkin. Download 52.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling