Majburiyatlar, mehnat va unga haq to’lash xarajatlari

Download 66.75 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1628649
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehnat va unga haq toʼlashni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bi-fayllar.org

Majburiyatlar, mehnat va unga haq to’lash xarajatlari

Reja

1. Majburiyatlar, ularning mazmuni, mohiyati, ahamiyati va paydo boʻlish sabablari.
2. Mehnat haqi tushunchasi, uning me’yoriy-huquqiy asoslari.
3. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining mehnat va unga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlari.

Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari

Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifasi bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:

      • asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar;

      • asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar

Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi tsexlarning, yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo‘linmalarining, tozalash inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot-hisoblash markazlarining, barcha turdagi qo‘riqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling