Majitov nodirbekning
Download 21.5 Kb.
|
Inovatsion texnologiyadan foydalanish
NDPI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA ASTRANOMIYA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI 3-‘A’ GURUH TALABASI MAJITOV NODIRBEKNING Fizika o’qitishda inavatsion texnologiyalardan foydalanish fanidan MUSTAQI ISHI. Kubik metodi. Bu metodda fizik hodisalarni, kattaliklarni turlicha ko’rinishlarda ta’riflash, uning qanday ekanligini bilish mumkin. Bu metoddan mavzuni mustahkamlash va takrorlashda ham qo’llash mumkin. Kubik shaklining har bir tomoniga so’zlar yozilgan bo’ladi. Bu metodda biror fizik hodisa yoki kattalik quyidagicha tahlil qilinadi. 1.Tasvirlang 2.Taqqoslang 3.O’xshating 4.Tahlil qiling 5.Ishlating 6. Foydali va zararli tomonini ayting. O’yin shu tariqa davom etadi va o’quvchilar kubikning har bir tomoniga qayd etilgan so’zlarga fikr bildirishadi. 6-sinfda. Turli muhitlarda diffuziya hodisasi. 1.Diffuziya hodisasi 2.Tez, sekin 3.Sochilish, aralashish, tarqalish 4.Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o’zaro o’tishiga aytiladi 5.Xonada atirni sepsak, u har bir burchakkacha boradi. Sabzavotlarni tuzlashda ham shunday 6.Sanoatda chiqqan zaharli gazlar, havo bilan diffuziyalanib, havoni ifloslantiradi. Oziqlantiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan qonga o’tadi. 7-sinfda. Jism massasi mavzusida qo’llash mumkin. 1.Jism massasi 2.Yengil, og’ir 3.Og’irlik, yuk 4.Jism inertligini tavsiflaydigan fizik kattalik 5.Yerning massasi, jism massasi 6.Og’ir bo’lsa uni siljitish, ko’tarish qiyin bo’ladi va aksincha 8-sinfdagi ko’pgina mavzularga qo’llash mumkin. Shu jumladan ‘Elektr qarshilik’ 1.Elektr qarshilik 2.Katta, kichik 3.Elektr to’sqinlik 4.O’tkazgichning zanjirda tok o’tishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik elektr qarshilik deyiladi. 5.Tokni me’yoridan oshib ketmasligi uchun ishlatiladi. 6.Elektr qarshiligi tufayli tokning qiymati kamayadi. Qarshilik bo’lmasa, tok oshib ketib, quvvat oshishi bilan lampochkalar kuyib qoladi. 9-sinfda. Tempratura, linzalar, optic asboblar mavzusida qo’llash mumkin. Masalan: 1.Tempratura 2.Yuqori, past, issiq, sovuq 3.Harorat, issiqlik holati 4.Tempratura moddaning issiqlik holatini miqdor jihatidan aniqlaydigan kattalikdir 5.Havoning namligini aniqlashda, inson, jismlar, havo haroratini aniqlshda 6.Issiqda mevalar pishadi, sovuqda qor yog’adi, haddan ortiq issiqda teri kuyadi, sovuqda esa hamma narsa muzlab qolishi mumkin. Download 21.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling