Majitov nodirbekning


Download 21.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi21.5 Kb.
#244600
Bog'liq
Inovatsion texnologiyadan foydalanish




NDPI FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI

FIZIKA ASTRANOMIYA O’QITISH METODIKASI

YO’NALISHI 3-‘A’ GURUH TALABASI

MAJITOV NODIRBEKNING

Fizika o’qitishda inavatsion texnologiyalardan foydalanish fanidan

MUSTAQI ISHI.

Kubik metodi.

Bu metodda fizik hodisalarni, kattaliklarni turlicha ko’rinishlarda ta’riflash, uning qanday ekanligini bilish mumkin.

Bu metoddan mavzuni mustahkamlash va takrorlashda ham qo’llash mumkin.

Kubik shaklining har bir tomoniga so’zlar yozilgan bo’ladi.

Bu metodda biror fizik hodisa yoki kattalik quyidagicha tahlil qilinadi.

1.Tasvirlang 2.Taqqoslang

3.O’xshating 4.Tahlil qiling

5.Ishlating 6. Foydali va zararli tomonini ayting.

O’yin shu tariqa davom etadi va o’quvchilar kubikning har bir tomoniga qayd etilgan so’zlarga fikr bildirishadi.

6-sinfda. Turli muhitlarda diffuziya hodisasi.

1.Diffuziya hodisasi

2.Tez, sekin

3.Sochilish, aralashish, tarqalish

4.Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o’zaro o’tishiga aytiladi

5.Xonada atirni sepsak, u har bir burchakkacha boradi. Sabzavotlarni tuzlashda ham shunday

6.Sanoatda chiqqan zaharli gazlar, havo bilan diffuziyalanib, havoni ifloslantiradi. Oziqlantiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan qonga o’tadi.

7-sinfda. Jism massasi mavzusida qo’llash mumkin.

1.Jism massasi

2.Yengil, og’ir

3.Og’irlik, yuk

4.Jism inertligini tavsiflaydigan fizik kattalik

5.Yerning massasi, jism massasi

6.Og’ir bo’lsa uni siljitish, ko’tarish qiyin bo’ladi va aksincha

8-sinfdagi ko’pgina mavzularga qo’llash mumkin. Shu jumladan ‘Elektr qarshilik’

1.Elektr qarshilik

2.Katta, kichik

3.Elektr to’sqinlik

4.O’tkazgichning zanjirda tok o’tishiga qarshilik qilish xossasini tavsiflaydigan fizik kattalik elektr qarshilik deyiladi.

5.Tokni me’yoridan oshib ketmasligi uchun ishlatiladi.

6.Elektr qarshiligi tufayli tokning qiymati kamayadi. Qarshilik bo’lmasa, tok oshib ketib, quvvat oshishi bilan lampochkalar kuyib qoladi.

9-sinfda. Tempratura, linzalar, optic asboblar mavzusida qo’llash mumkin. Masalan:

1.Tempratura

2.Yuqori, past, issiq, sovuq

3.Harorat, issiqlik holati

4.Tempratura moddaning issiqlik holatini miqdor jihatidan aniqlaydigan kattalikdir



5.Havoning namligini aniqlashda, inson, jismlar, havo haroratini aniqlshda

6.Issiqda mevalar pishadi, sovuqda qor yog’adi, haddan ortiq issiqda teri kuyadi, sovuqda esa hamma narsa muzlab qolishi mumkin.
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling