Majmua tx kun 2022 (oxirgi)
Download 152.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati.
1-Ma’ruza Mavzu. Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati. Reja: 1. Tarmoq xavfsizligi faniga kirish 2. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi 3. Tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash asoslari 4. Tarmoq xavfsizligiga qo’yiladigan talabalar. Kalit so‘zlar: axborot xavfsizligi, axborot muhofazasi, axborot resurslari, axborot-kommunikatsiya, maxfiy axborot, xavfsizlikka tahdidlar, telekommunikatsiya, tizim sub’ekti Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilishning zaruriyati. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot har qanday jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib, doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Qadim zamonlardan beri davlat uchun muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar juda yashirin himoya qilingan. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va marketingi bilan bog’liq ma’lumotlar ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan bozorga aylandi. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi sanoat josusligi, kompyuter jinoyatlari va maxfiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish kabi salbiy hodisalar bilan birga keladi. Shuning uchun axborotni himoya qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy xujjatlarida qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda . Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Download 152.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling