O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kampyuter injiniringi" fakulteti
"Axborot texnologiyalari" kafedrasi "Operatsion tizimlari” fanidan
Mavzu: Segmentli xotira qanday ajratilishi bo’yicha hisobot
Bajardi: Ergashev D.
Qabul qildi: Rahimov R.
SAMARQAND – 2021
Mavzu: Segmentli xotira qanday ajratilishi bo’yicha hisobot
Reja:
Xotira tushunchasi
Mikroprotsessorli xotira
Registrli kesh-xotira
Asosiy xotira
Asosiy xotiraning mantiqiy strukturasi
Tashqi xotira
1. XOTIRA TUSHUNCHASI
Xotira – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytiladi. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
mikroprocessorli xotira (MPX);
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.
Tmur - malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi; tkid - yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi. Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz: sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.
Do'stlaringiz bilan baham: |