Majtning ma’nosi reja


Kichik maktab yoshidagi (6-7 yosh) bolalar jismoniy tayyorgarligining ko‘rsatkichlari


Download 67.52 Kb.
bet3/3
Sana09.03.2023
Hajmi67.52 Kb.
#1254617
1   2   3
Bog'liq
MAJTNING MA’NOSI

Kichik maktab yoshidagi (6-7 yosh) bolalar jismoniy tayyorgarligining ko‘rsatkichlari



Ko‘rsatkichlar

Norma tarzidagi ko‘rsatkichlar

Bolalar

Qizlar

1

Joyidan uzunlikga sakrash, sm.da

100

90

2

Gimnastika o‘rindig‘iga tayanib etib qo‘llarni tirsakdan bukish va to‘g‘rilash, soni

10 marta

8 marta

3

Xohlagan usulda vaqtni hisoblamay suzish

50 m.

50 m.

4

Tez yurish bilan piyoda 5 km.li masofani o‘tish

70 minut

70 minut

5

1000 m.ga vaqtga yugurish.

5 m. 20 sek.

5 m. 40 sek.

6

Kross 3 km.ga, minut

35

40

7

Velosipedda 10 km.ga poyga, minutda

60

60

8

Tennis to‘pini uloqtirish, metr

18

18

MAJTning vositalari va uslublari, ularni tanlash

Bo‘lajak mutaxassislar uchun kerakli professional sifatlarni maqsadga yo‘naltirib shakllantirish uchun MAJT vositalari alohida o‘rin egallaydi.


MAJTning asosiy vositasi jismoniy mashqpardir. MAJT maqsadida qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar guruxlarga bo‘linadi, ya’ni mashqlarning yo‘naltirilganligi, a’zo tarmoklarga ta’siri, yurak-qon, nafas olish tizimlari, vestibulyar apparatning rivojlanganligi va takomillashganligi. Jismoniy mashklar ruhiy-jismoniy sifatlar: kuch, tezlik, harakat, umumiy va statik chidamkorlik, egiluvchanlik, epchillik, diqqat, emotsional turgunlikni rivojlantiruvchi mashklarga bo‘linadi.
Tirmashib chiqish, baland joyda ishlash, yukni bir joydan ikkinchi joyga tashish, ratsional yurish kabi malakalarni shakllantiruvchi mashqparga ajratiladi.
Ular sport turlarining (alpinizm, togda yurish, gimnastika, og‘ir atletika, turizm va engil atletika) asosiy va maxsus mashqpardan olinadi.
Jismoniy mashklar bilan birgaliqda tabiat omillari — quyosh, havo, suvdan ham foydalaniladi. Agar ular to‘gri ko‘llanilsa, jismoniy mashklarni ko‘llash samaradorligi oshib, MAJTning alohida vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, 30—40 kun tog‘li joylarda yashagan kishining jismoniy va aqpik ish bajarish kobiliyati yaxshilanib, tashqi muhitning turli xil omillariga chidamliligi ortadi.
Professionap faoliyatning ayrim belgipari MAJT ning vositalari sifatida ham ko‘llaniladi, masalan, zinaga tirmashib va yugurib chnqish (energetik-muhandislar uchun), avtomobil haydovchilariga avtomobil va avtomobil xo‘jaligi mutaxassisligidagi talabapar uchun tavsiya etiladi.
Bo‘lajak mutaxassislarning professional sifatlarini maqsadga yo‘naltirib, shakllantiruvchi vositalar tanlab olinishi kerak. Vositalar tanlab olishda quyndagi prinsiplarga rioya qilish kerak:
-MAJT vazifalarini maksimal amalga oshirish;
-Ko‘nikma va malakalar hosil kilish;
-Jismoniy tarbiya vazifalari kompleks xal qilinishini ta’minlash.
Jismoniy tarbiya vositalari yordamida paydo bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
ishlab chiqarish jarayonida uch bosqichda rsjalashtiriladi va amapga oshiriladi.
Birinchi bosqich maxsus nazariy, metodik va amaliy darslarda oliygox va ishlab chiqarish sharoitlari bilan tanishib, jismoniy tarbiya va sportning aniq vositalarini qo‘llash o‘rganib chikiladi. Talaba bilan yakkama-yakka ishlash uslubini qo‘llash mumkin, texnik vositalarni qo‘llab o‘rganish va nazorat qilish ham yaxshi natija beradi.
Ikkinchi bosqichda jismoniy tarbiya va sport qismlarga ajratilib o‘rganiladi. Bu vazifa yo‘rikchilik amaliyoti jarayonida va uy vazifalarini bajarishda hal kilinadi (kompleks mashqlar tuzish, gimnastikaning kirish qismi, jismoniy tarbiya tanaffuslari va hokazo). Bu bosqichda o‘rganiladigan mashqlar, o‘tkaziladigan tadbirlar hal qilinishi lozim.
Uchinchi bosqichda o‘rganuvchilarning ishlab chiqarish faoliyati hisobga olinib, ko‘nikma va malakalar yanada takomillashtiriladi. Jamoada jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilish va har kim o‘z kun tartibiga jismoniy tarbiya tadbirlarini kiritishv asosiy uslub hisoblanadi.
Yuqori toifali mutaxassisning professional faoliyati uchun muhim bo‘lgan harakat ko‘nikma va malakaparini MAJT tarmogi ichida maksadga yo‘naltirilib shakllantirilganda, o‘rgatish jarayonining kuyidagi turkumini ko‘llash tavsiya etiladi:
-harakatlarni qismlarga bo‘lib o‘rganish; o‘rganilgan harakat texnikasini yaxshi o‘zlashtirib, ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirish (professional malaka) hosil qilish.
Harakat malakaparini shakllantirishning asosiy uslubi mashq bo‘lib, takomillashtirish maqsadida u bir necha marta takrorlanishi kerak. Bu bosqichda so‘z va sensor uslublari keng qo‘llaniladi, eshitish va ko‘rishga asosiy e’tibor beriladi. Yangi harakatlarni o‘rganish jarayonida asab tarmogi tez charchaydi. Harakatni taqsimlab o‘rganish bosqichida mashkni butunligicha o‘rganish uslubi etakchi hisoblanadi, shu bilan birga so‘z uslubi ham ko‘llaniladi: taxlil, kinofilm; slayd va boshqaparni qo‘llash lozim. Texnika vositalari yordamida (trenajyor) o‘rgatish keng qo‘llaniladi.
Oliy o‘quv yurtlarida MAJTni tashkil qilish shakllari. Hamma oliy o‘kuv yurtlarida kabul qilingaya jismoniy tarbiya shakllari ichida MAJT vazifalarini qo‘llash afzal hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida MAJT. Bo‘lajak mutaxassislarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiya darslarida amalga oshiriladi, dasturga asosan bu darslar uch kismga bo‘linib o‘tiladi: maxsus, asosiy va sport. Oliygohlarning dasturiga engil atletika, gimnastika, suzish, sayyohlik, sport o‘yinlari, otish bo‘yicha nazariy va amaliy bo‘limlar kiritilgan. Talaba amaliy darslar jarayonida MAJT vazifalari jismoniy tarbiya va sport turlarining qaysi amaliy qismlari bilan hal qilinishini bilishi kerak. U hamma mashklarni sinab ko‘rishi lozim.
Gimnastika darslari talabalarning harakat koordinatatsiyasi, qo‘llarning chaqqonligi, bel, qorin, tana mushakllarining statik chidamliligi, diqqat, emotsional turgunlik, tez fikr yuritish, mardlik kabi sifatlarni tarbiyalash uchun qo‘llaniladi. Qo‘llar epchilligi va koordinatsiyasi buyumlar, o‘rtacha va kichik koptokchalar yordamida erknn mashqlar bajarish bilan rivojpanti-riladi. Statik chidamlilik, kuch, statik va dinamik mashklar yordamida rivojlantiriladi. Maxsus kuch tre-najyorlarida mashk bajarish maksadga muvofiq. Emotsional turg‘unlik, mardlikni shakllantirish uchun yugurib kelib, tayangan holda «kon»dan sakrash, pastlikka va balandlikka sakrash, «brusya», halkalar va turnikdan sakrab tushish, batutda sakrash mashklaridan foydalaniladi.
Engil atletika darslarida bo‘lajak mutaxassislarning ruhiy va jismoniy sifatlari shakllantiriladi. Buning uchun kuyidagi vositalardan foydalaniladi: yilning issik va sovuk paytlarida o‘yingoh yo‘laklarida va joylarda uzok tinimsiz yugurish (yurak- urishi, kon aylanishi, nafas olish, issiklik almashinuvi rivojlanadi, tabiat omillariga bardosh beradigan bo‘ladi), qiska masofaga yugurish, estafetada yugurish (tezkorlik reaksiyasi, kisqa muddat ichida o‘ylash, tez fikr yuritish, emotsional turg‘unliklar rivojlanadi), balandlikka va pastlikka sakrash (dovyurakpikni tarbiyalaydi) va engil atletikaning boshka asosiy tayyorgarlik mashqlaridan foydalaniladi.
Suzish darslarida yurak-qon, nafas olish, issiqlik almashinuvi faoliyati yaxshilanadi, umumiy chidamlilik shakllanadi. 30 dakikagacha suzish, 50—100 m ga kayta- kayta suzish, uzokka va chukurlikka sho‘ngish, 3—5 m lik famplindan turli usulda sakrash epchillik va dovyuraklikni tarbiyalaydi.
Sayyoxlik maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab qiladigan mashgulot hisoblanadi: yuk bilan uzoq yurish va yugurish, gorizontal va vertikal arqonga tirmashib chiqish, maxsus to‘siklardan oshib o‘tish lozim bo‘ladi.
Sport o‘yinlari. Asab va yurak-qon tomir, mushak tarmoqlarining shakllanishiga ko‘maklashadi, ko‘rish va eshitish analizatorlarining ishi yaxshilanadi, umumiy chidamlilik, epchillik, harakat, koordinatsiya, chakkonlik, reaksiya tezligi, diqqatni taksimlash, tez fikr yuritish emotsional turg‘unlik kabi sifatlar xam shakllanadi.
Merganlik. Otish bo‘yicha darslarda bo‘lajak mutaxassislar uchun kerak bo‘lgan ruhiy va jismoniy sifatlar: ko‘z bilan chamalash, diqqat, emotsional turg‘unlik, sabr-toqat tarbiyalanadi.
Amaliy darslarda MAJT maqsadida maxsus to‘siq. lardan oshib o‘tish jismoniy mashqpardan tuzilgan doiraviy mashg‘ulotlar, trenajerlarda maxsus tayyorgarlik vaqgida keng qo‘llaniladi. MAJT bo‘yicha o‘quv qo‘llanma har bir o‘quv bo‘limi mutaxassisligi, sog‘liqning holati, talabalarning jinsi, umumiy jismoniy tayyorgarligini hisobga olib tarbiyalaydi. MAJT bo‘yicha mashqlar hamma mashg‘ulotlar tarkibiga kiritiladi.


Darsdan tashqari MAJT

Darsdan tashqi jismoniy tayyorgarlik butun o‘qish jarayonida olib boriladi va u MAJTni to‘ldirish uchun xizmat qiladi. MAJTda darsdan tashkari o‘qituvchi topshirigiga asosan shaxsiy reja bilan bajariladi. Darsdan tashqari MAJTni o‘tkazishning asosiy vazi-fasi kelajak professional faoliyati uchun muhim bo‘lgan ruhiy-jismoniy sifatlar va harakat malakalarini takomillashtirishdan iborat. SHu bilan birga MAJT o‘kuv yurtlarida, o‘qish mobaynida, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy va aqliy ish bajarish qobiliyatini ta’minlashga karatipgan bo‘ladi.


Darsdan tashqari MAJT bilan shugullanganda talabalarni jismoniy tarbiyalashning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: ertalabki gigienik badan tarbiya, yil davomida har xil mashqlar bajarish, MAJT dastury bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni mustakil ravishda bajarish.
Oliy o‘kuv yurtlari talabalariga kuyidagi kundalik jismoniy tarbiya to‘plami tavsiya qilinadi:
1.Ochiq havoda ertalabki badantarbiya.
2.Suv tadbirlari.
3.1,5—2 km masofaga o‘rtacha tezlikda yugurish va yurish.
4.Yurak-koi, nafas olish tarmoklari. ko‘rish, ko‘l, barmoqlar xarakatining anik bo‘lishi.
5.1—2 dakiqa davomida nafas olish va yaxshi ko‘rishni rivojlantiruvchi mashklarni mustakil bajarish.
6.1,5—2 km yurib, chuqur nafas olish. ko‘rish, qizikuvchanlik, fikrlash mashqlarini bajarish.
7.Dush.
8.Uykudan oldin 2 km yurib, sayr kilish.
MAJT dasturi bo‘yicha maxsus mustakil mashgulotlar bir kishi yoki 4—5 kishidan iborat guruh bilan o‘tkaziladi (iloji bo‘lsa, bir soha mutaxassislari bilan). Bu mashgulotlar 30—90 dakika davom etib, o‘kishdan keyin, dam olish kunlari, amaliyot paytida, ta’tillarda o‘tkaziladi.
Turli mutaxassislik talabalarining mustakil shu-gullanishi uchun kuyidagi MAJT mashqlari tavsiya qilinadi:
IV kurs talabalari uchun MAJT komplsksi
Kompleksning yo‘nalishi: jismoniy ish bajarish qobiliyatini ta’minlash, umumiy chidamliylikni rivojlantirish, tana, bel, qo‘l, baryoqlarni dinamik va statik chidamliligini, chaqqonligi va egiluvchanligi, tez fikr yuritish hamda emotsional turgunlikni tarbiyalash.
Kompleksning mazmuni:
1. Ochik havoda 2—3 km gacha yurish va yugurish. 2. Turnikka osilib, 10—15 marta tortilish. 3. 10—15 marta yukoriga sakrash. 4. Qo‘l va barmoqlar bilan devordan 10—15 marta arilish. 5. Turli amplitudada oldinga va orqaga egilish yoki evnoga (xoda) o‘tirib, gavdani 10—15 marta oldinga orqaga tashlash. 6. Bir yo‘nalishda sportcha yurish. 7. 4—6 marta 50 m dan tepalikka yugurib chikish. 8. Nafasni rostlab olish uchun nafas olish va nafas chiqarish mashklarini bajarish.
Oliy o‘kuv yurtlari talabalari MAJTlarni rejalashtirish, tekshirish va baholash
Oliy o‘kuv yurti talabalari MAJT ni to‘gri rejalashtirilib, nazorat qilib borilganda unumli natija beradi.
MAJTni rivojlantirish «Jismoniy tarbiya» fanining o‘kuv-uslubiy to‘plami doirasida amalga oshiriladi va uni jismoniy tarbiya kafedrasi tuzadi. Bu xujjatlarda MAJTning yo‘nalishi, maqsadi, vazifasi, vositasi, uslubi va shakli aniq ko‘rsatiladi. MAJT xar bir talabaning bo‘lajak mutaxassisligi va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olingan holda rejalashtirilsa, yukori samara beradi. Bunda uchta reja tuziladi: ko‘p yillik, bir yillik va bir oylik. Ko‘p yillik reja butun o‘kish jarayoniga tuziladi. Bunda jismoniy tarbiya va MAJTning yo‘nalishi, maksadi, uslubi va shakli belgilanadi. Asosiy maqsad — talaba oliygohni tugatgandan so‘ng professional ishga layoqatli bo‘lishini ta’minlashdir.
Bir yillik reja ko‘p yillik rejaga o‘xshash, lekiya uning mazmuni aniq va to‘likdir. MAJT rejasi o‘qush jarayonining xususiyatlarini xisobga olgan holda tu ziladi.
Oylik reja yillik reja asosida tuziladi.
Talabalar MAJTisini tekshirish va baholashd ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshi rishdan maqsad tanlagan mutaxassisliklariga yordam berish. Tekshirish natijalarining xolisona bo‘lishga jismoniy tarbiyaning u yoki bu vositalari odam orga nizmiga qanday ta’sir qilishini aniqlashga imkon beradi. Nazorat qilish va baholash jismoniy tarbiya darslari jarayonida xar bir semestrning boshi va oxi rida o‘tkaziladi. Tekshirishlar jarayonida talabalar ning bo‘lajak professional faoliyatlari uchun kerak bo‘lgan amaliy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari baholanadi.


MAJTni tekshirish va baxolash usullari

MAJT sohasidagi bilimlar komiyuterlar yorda mida maxsus savollarga javob berish yo‘li bilan anik lanadi.


SHugullaiuvchini xar xil mashklar bajarayotgan paytda baxolash eng to‘gri baxolashdir.
Professional jismoniy tayyorgarlikni tekshirish va baxolashda test usullaridan foydalaiiladi. Baxolash uchun shunday usul taklif kiliiadi:
«5»—rivojlanish darajasining kasb talablariga to‘la mos kelishi;
«4»— rivojlanish darajasining ko‘p mikdorda kasb talablariga mos kelishi;
«3»—rivojlanish darajasining kasb talabla-riga kisman mos kelishi;
«4»— rivojlanish darajasiining kasb talabla ' riga umuman mos
kelmasligi.
Xulosa
MAJT bo‘yicha sinov o‘tkazishdan maksad olingan bilim, malaka xajmini, jismoniy va ruxiy sifat-larii baholash va tekshirishdan iborat. Bu turli xil usullar yordamida amalga oshiriladi. Hamma institutlar talabalari uchun bir kator talablar umumiy hisoblanadi. Bular kuyidagilar:
-muassasalar, tashkilotlar, idoralar ishchi xodimlari jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini bilishi;
-oliy o‘quv yurti talabalari MAJTning umumiy vazifalarini bilishi;
-bo‘lajak mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan jismoniy va ruhiy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirishni bilish;
-professional amaliy jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshirish va baholashni bilish;
-MAJT to‘plami bo‘yicha ertalabki gigienik gimnastika, jismoniy tarbiya va sportga taalluqli reja-konspektni tuzish;
-yurak-kon tomiri tarmogi, sensomotor almashinuvlarining rivojlanish miqdori, diqqatni tekshirish va baholash;
-ko‘llar chaqqonligi, harakat tezligi, tez fikrlash;
-hissiy qat’iylikni belgilovchi nazorat mashqini bajarish.


Adabiyotlar

1. Zatsiorskiy V.M. Fizicheskie kachestva sportsmena M. FiS 1986 s 194.


2.Korobkov A.V. Sootnoshenie obey i spetsialnoy fizicheskoy podgotovki v sisteme sportivnoy trenirovki M. FiS 1971
3. Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы M. FiS 1991 s 521.
4. Matveev L.P. Osnovы sportivnoy trenirovki M. FiS 1989
5. Xankeldiev SH.X. Fizicheskaya podgotovka uchaщeysya molodyoji. Tashkent 1991 Meditsina s 214.
6. O‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyasining xududiy xususiyatlari O‘quv qo‘llanma Farg‘ona SH X Xonkeldiev
Download 67.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling