Majtning ma’nosi reja
Download 67.52 Kb.
|
MAJTNING MA’NOSI
MAJT mohiyatini belgilovchi omillar
Turli oliy o‘quv yurtlari talabalarining MAJT mohiyati bir qator omillar bilan belgilanadi. Turli kasb vakillari MAJTning muhimligi bu kasbning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati bilan, mutaxassis ishlayotgan tarmok rivojlanish jadalligi byalan, mehnat unumdorligini ortishi va boshkalar bilan bogliq. Oliy o‘kuv yurti talabalari MAJT mohiyatining asosiy omillari faoliyat doirasi, mehnat sharoiti va tartibi, mutaxassislarning psixofizik xususiyatlaridan iborat. MAJT mohiyatini belgilovchi muhim omil mehnat sharoitidir. Turli kasb egalarining mehnat sharoiti turlichadir. Masalan, akliy mehnat bilan shugullanuvchi muassasa xodimlari ko‘proq xonalarda o‘tirgan holda ishlaydi. Kompleks kompyuterlashtirish va ishlab chiqarish operatsiyalarini avtomatlashtirish, bugungi kundagi bozor iqgisodiyoti raqobatlarini engib chiqish, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’-minlash, mehnat va dam olish tartibini takomillashtirish va boshkalar MAJTning asosiy yo‘nalishidir. Professional faoliyatning psixofiziologik tayyorgarligi ham MAJTning yo‘nalishini belgilaydi. Mehnat faoliyati davomida uchrab turadigan qiyinchiliklarga bardosh berish va ularni o‘z foydasiga hal kidish, tavakkalchilikni kuchaytirish, jur’at va mardlik sifatlarini oshiradi. Psixik-jismoniy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar muhandis — ishlab chiqarish tashkilotchilaridan biri bo‘lib, asosiy iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal kilish uning faoliyatiga bog‘likdir. Ishlab chiqarishning xom ashyo va texnik asoslari rivojlanmagan bo‘lsa hamda kadrlarning tayyorgarlik jarayoni past bo‘lsa, ijtimoiy-iktisodiy taraqqiyot bo‘lmaydi. Ipmiy-texnik taraqqiyot davrida muhandis-texnik xodimlarning ahamiyati ortadi. Hozirgi kunda kuchli mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan tarmoklarning malakali mutaxassislarga ehtiyojini qondi-rish uchun 60%dan ortiq o‘rta va oliy ma’lumotli kishilar kerak. Menedjerning vazifasiga jamoadagi Umumiy rahbarlik, ishlab chiqarish vositalarini taxmin qilish va ularni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, ularni tuzish va takomillashtirish, idorada ish joyini va mehnatni tashkil qilish hamda himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash kiradi. Menedjerlar tashkilot uchun kadrlar tanlash ularni tayyorlash va tarbiyalash, xom ashyo, texnika bilan ta’minlash, ishlab chikarish jarayonini boshkarish maxsulot sifatini nazorat qilish bilan shugullanadi. Muhandislar o‘z ish joylarini asbob-uskuna bilan ta’minlash, ta’mirlash, energetik va transport ta’mnnoti, ishlab chikarishni tashkil kilishni takomillashtirish va boshkarish, tushgan axborotni mexanik ishlab chiqishga javobgardir. Umumiy talablar. Ziyolilar faoliyatini xar tomonlama o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, xar bir soxa mutaxassislari singari ularda xam o‘ziga xos ruxiy jismoniy sifatlar to‘plami mavjud. MAJT jarayonida qo‘llanilib, professional tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan bunday komponentlarga ko‘nikma va malakalar kiradi. Har bir ziyolidan ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradigan murakkab vaziyatlarni tez xal kilish, ortiqcha emotsional zo‘riqishlarni yo‘qotish talab qilinadi. Hozirgi kundagi ishlab chiqarishning iqtisodiy faolligini oshirish va mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy omil hisoblanadi. Bugungi kundagi ziyolilar ijtimoiy- iktisodiy vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya va sport vositalarini qo‘llash haqidagi aniq bilimga, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim. Ular ishchi va xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini bilish uchun ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining xamma turlari va shakllarini yaxshi bilishi kerak. Bugungi kunda oliy o‘quv yurtini tamomlagan mutaxassisning o‘zi sport bilan shug‘ullanishi kamlik qiladi. Ular ish vaqtida va undan keyin jamoada jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil qilishi, xizmatchilarning mehnat qilishlari va dam olishlarini to‘gri tashkil qila bilishi shart. Ziyolining mehnat faoliyati yaxshilanishi uning o‘ziga xos xususiyatga, aqpiy va jismoniy ishchan-ligiga, (tanasining) organizmining chidamkorligi va uni og‘ir mehnatdan tez tiklashi, ya’ni ish bajarish kobiliyatiga bogliq. Ziyolining professional faoliya-tida undagi bir qator jismoniy sifatlar bilan birga texnik sifatlar ham asosiy rol o‘ynaydi. MAJTning maqsadi, vazifasi va mezonlari Hozirgi sanoat korxonalari rahbarlariga siyosat va yqtisodni boshqarishni har tomonlama o‘rganish katta ruhiy-jismoniy xususiyat va sifatlarni o‘rgatadi. Har bir murakkab vaziyatda o‘zini yo‘kotmaslikka, ortiqcha vahimaga tushmaslikni o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya va sport ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning asosiy omilidir. SHuning uchun hozirgi zamon ziyolila-ri jismoniy tarbiya tizimining asosiy holatlarini va kasbga bo‘lgan amaliy-jismoniy tayyorgarlikni bilishi shart. Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar MAJTning maqsadi — yuqori malakali kasb egallashga ko‘maklashishdir. U samarali mehnat jarayoniga erishish uchun yordam beradi. Institut talabapari MAJTning asosiy vazifasi — jismoniy tarbiya va sportning turli vositalari yordamida talabalarda yuqori saviyali mutaxassis sifatlarini tarbiyalash. Oliy ma’lumotli mutaxassisni jismonan tarbiyalash jarayonida kuyidagi vazifalar hal kilinadi: 1.Kasbga qiziqish, vijdonan ishlash, haqiqatparvarlik, odamlarga xurmat, ular bilan yaxshi muomala-da bo‘lish, mehnatga muhabbatni tarbiyalash, suhbatni, uchrashuvni qiziqarli va ravon olib borish. 2.Tez xotirlab kolish, ifodali nutq, tashkilotchilikning malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish. 3.Kasbga oid ish unumini intensiv aqliy ish bajarish qobiliyatini ta’minlash, markaziy asab, yurak-qon aylanish, nafas olish tizimlari ishini yaxshilash; ko‘rish, eshitish, vestibulyar analizatorlarni takomillashtirish. 4.Sogliqni mustahkamlash, yurak-qon aylanishi va asab tizimlari xastalanishining oldini olish. 5. Oddiy ruxiy barkarorlik sifatlarini shakllantirish: biroz jismoniy zo‘rikishlar, tana, bel va qo‘l mushaklarining umumiy va statik chidamliligi, turli kiyinlikdagi xdrakatlarni tez va aniq bajarish, chakkonlik, chidamlilikni o‘stirish gipodinamiyaning oldini olish, kuzatuvchilikni takomillashtirish, diqkat, tez fikr yuritish, iroda sifatlari — maqsadga inti-lish, intizomlilik, tashabbuskorlik, kat’iylik, o‘zini tuta bilish kabi xususiyatlarni rivojlantirish. Talabalar uchun MAJTni rejalashtirish va amalga oshirishda uning samaradorlik mezonlarini bilishi shart. Ular kuyidagilar: Bulardan birinchisini ko‘llash maqsadga muvofiq. Ma’lum mutaxassislikni o‘rganayotgan talabapar MAJTini amalga oshirish, MAJTning umumiy va maxsus vazifalarini hal kilishga karatiladi. SHunga e’tibor berish kerakki, ayrim sohalar bo‘yicha MAJT ning maxsus vazifalaridan biri — muhandis mutaxassisligi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni rivojlantirishdir. Masalan, «Mashinasozlik texnologiyasi, metall kesuvchi asbob va uskunalar» mutaxassisligidagi talablar MAJTning qo‘shimcha vazifalariga ko‘z bilan yaxshi ko‘rish, ko‘z bilan to‘gri o‘lchash, yaxshi eshitish, yukori sezuvchanlikni rivojlantirish tadbirlari kiradi! Download 67.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling