Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga EGA bo’lib


Download 28.4 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1351940

  1. Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, 
    pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular 
    «Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo’lib, 
    ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan 
    sanaladi. 
    Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-
    Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. o’ziga xos 
    xat(yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. 
    Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni 
    beradi. 
    Urxun-Enasoy 
    yodgorliklari 
    dastlab 
    Enasoy 
    havzasida, 
    so’ngra 
    Mo’g’ulistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 -yili birinchi 
    bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V.Tomsondan so’ng olimlar - 
    N.M.Yadrinsev, V.V.Radlov mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq 
    bo’ldilar. 
    Urxun-Enasoy yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Stebleva tomonidan rus tiliga 
    tarjima qilindi. o’zbekistonda Oybek, CSharafuddinov, N.Mallaev, Aziz 
    Qayumov va N.Rahmonov Urxun-Enasoy bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar 
    va ushbu manbaning ta'lim-tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib 
    berdilar. 
    Malumki, eramizning VI asri o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy 
    Osiyo hududlarida yashovchi turkiy qabilalarning Turk xoqonligi davlati tarkib 
    topdi. Bu xoqonlik G’arbda Vizantiya, Janubdan Eron va Hindiston, Sharqdan Xitoy 
    bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. 
    Xoqonlik 604 -yili Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga 
    kelib esa Turk xoqonligibarham topgan. 
    Turk xoqonligi asosan uch kishi: Bilga xoqon (Mog’uliyon), Kultegin, Tunyukuklar 
    tomonidan boshqarilgan. Bilga xoqon - xoqon, Kultegin -sarkarda, Tunyuquq esa - 
    vazir boiib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va 
    iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan. 
    Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, 
    sarkardalar ko’rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari 
    bayon etiladi. o’z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib 
    chiqish, ularningbirdamligini ta'minlash xoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish, 
    Eltarishning o’g’illari – Bilga xoqon, lashkarboshi Kultegin, ma'naviy otalari 
    Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida 
    uning taYifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham 
    oVlaydigan jonkuyar sarkarda sifatida taViflanadi. U o’z jonidan vatan taqdiri, xalq 
    manfaatini yuqori qo’ygan shaxs. Kultegin Eltarish xoqonining kichik o’g’li. U 731 
    -yil 27 fevralda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 -yili o’rnatilgan. Ushbu 
    bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. 
    Kultegin bitigida Bilga xoqonning og’a-inilari va qarindosh-uruglariga murojaat 
    qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz berganini bayon etganligi 
    ifodalanadi.


  2. Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha m ingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos m adaniyatni vujudga keltirishda katta va m ashaqqatli y o ln i bosib o'tgan. D astlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takom illashgan m ehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik h ay o ti va m adaniy taraqqiyotda erishilgan yu tu q lam i o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tarixim iz otabobolarim izning boy qadim iy m adaniyatga ega bo*lganligidan dalolat beradi;' ( Eram izdan avvalgi birinchi m ingyillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya ham da Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. U lar soqlar, m asog'utlar, so'g'dlar, xorazm iylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi M arkaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o'ziga xos madaniy arianalar tarkib topa borgan. M asalan, eram izdan oldingi asrning birinchi yarm ida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turh sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eram izdan oldingi IX -V I asrlarda paydo bo'lgan Ahm oniylar, eram izdan avvalgi III asr o'rtalarida tash k il topgan Grek-Baqtriya, eram izning I asrida tashkil topgan K ushonlar, eram izning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida m adaniyat yuksala bordi. / A jd od larim iz tom on id an qo'lga k ir itilg a n qad im iy m a d a n iy a t tarkibidan ta’lim -tarbiyaga oid m eros ham alohida o'rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan m uhim arxeologik topilm alari, tarixchilar, adabiyot va san’at nam oyandalarining asarlari buning dalilidir. I B unday m uhim m anbalar sirasiga yunon olim lari Herodot, Suqrot, P lu ta rx , P o lie n n in g ta r ix iy , g e o g r a fik h a m d a a xloq iy a sa r la r i, 11 allom alarim iz Abu Rayhon Beruniy, M ahm ud Koshg'ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: E .E .B ertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo'minov, I.V.Stebleva, A.O .M akovelskiy va boshqalar tom onidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi. \ Eng qadim gi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelm agan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san ’ati, donolik m ajm uasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa am aliy m unosabatda bo'lishning nam unasi tarzida e’tirof etilgan m a’naviy m adaniyat yodgorlik lari qadim gi grek tarixch isi H erod otn in g «Tarix», Strab on n in g «Geografiya» ham da M ahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, U rxu n -E n asoy b itik lari k ab i ad ab iy-tarixiy m anbalarda sa q la n g a n . U sh b u y od gorlik lar m o h iy a tin i o 'rgan ish in so n n in g shakllanishida moddiy va m a’naviy m adaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. M a’lumki, kishilik jam iyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takom illashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo'ldi. Bu jarayon minglab yillam i o'z ichiga olgan bo'lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. U shbu talablar m uayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy m azm uni va m ohiyatini tashkil etadi. Eng qadimgi kishilarga xos bo'lgan xislatlar, ulam ing dastlabki, oddiy istaklari, orzu-um idlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o'z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlarda eng qadim gi ajdodlarim izning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham masog'ut, soq, xorazm iy, so'g'd ham da parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos. Eng qadimgi m adaniy boyliklarim izni o'rganishda quyida uch guruhga ajratilgan m anbalarga tayanam iz: 1. Arxeologik qazilm alar natij asida topilgan ko'rgazmali ashyolar. 2. Xalq og'zaki ijodi m ateriallari ham da yozm a manbalar. 3. Buyuk adiblar, allom alarning ijodiy m erosi. M a’lum ki, ibtidoiy kishilar m ehnat faoliyati jarayonida o'z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham m ehnat qilish, am aliy faoliyatn i yo'lga qo'ya olish borasidagi nazariy bilim , ko'nikm a va m alakalarni hosil qilishga zam in hozirlagan. M ehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtim oiy hayotni yo'lga qo'yish negizida am alga oshirilgan bo'lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jih a ti, ijtim oiy ongni sh a k lla n tirish n in g m uhim om iliga aylan d i. D astlab k i urug'chilik jam iyatidan oldin ham inson y ash ash uchun kurashgan, mazkur davrda urug'ning barcha a’zolari jam oa boiib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar m ehnat faoliyatini jam oa a’zolarining yosh jihatlariga ko'ra quyidagicha tashkil etganlar. a) bolalar va o'smirlar; v) ijtim oiy hayot va m ehnatda to la ishtirok etuvchilar; s) keksalar. Ibtidoiy jam iyatda bola o'zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilish id a bevosita ishtirok etib, h ayot kechirish va m eh n at q ilish ko'nikm alarini o'zlashtirgan. Bu holat og'ir sharoitda kechgan. O'g'il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yum ushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tom onidan bajariladigan m ehnat sirlarini o'zlashtirar edilar. H ech qaerda yozilm agan odat va an’analarga ko'ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida m alum tajribalarga ega bolardilar


3 Abdurahmon Jomiy XV asrda yashagan boshka mutafakkirlar kabi insonni, uning yuksak ahloqiy xislatlarini, go‘zal fazilatlarini bayon etgan allomalardan sanaladi.
Abdurahmon Jomiy ham o‘z asarlarida insoniy yuksaklikni tarif etadi. Tadkikogchi Sh.SHomuhamedov A.Jomiy hakida fikrlar ekan, «Uning shaxsan o‘zi bunga namuna bo‘ldi, poklik shamlaridan biri bo‘lib porladi», - deydi.
Jomiy uchta lirtik devon, etti dostondon iborat «haft rang» («Yetti taxt»), ta’lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati tarakkiyotida munosib o‘ringa ega bo‘ldi.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axlokiy karashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan «Bahoriston» asari va «Xaft avranga kirgan «Tuhfatul axror» hamda «Silsilatuz zahab» (Oltin tizmalar») va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da Jomiy hakiqiy kamolatga erishgan insgon haqidagi qarashlarini bayon etadi.
Jomiy o‘zining mashhur «Silsilatuz zahab» («Oltin tizmalar») dostonida esa «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo‘lib, bu umrni behuda o‘tkazmasligi, ammo bilim olgandan so‘ng unga almal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtiradi.
Alloma ilmning ahamiyati haqida gapirar ekan, bu bilimni egallashda kitobning har bir yoshning bilim olishidzgi o‘rniga, uning hislatlariga alohida to‘xtab o‘tadi va kitobni «teri yopingan olim» o‘xshatadi.
Bilimni yoshlikdan egallash lozimligini ta’kidlaydi va johillikni qattiq qoralab, dono bilan nodonni bir-biriga qarama-karshi qo‘yadi:
Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bo‘l,
Nodonlik yurtidan chik, bilim tomon olshl yo‘l.
Har bir kishiga bu so‘z, oyna kabi ayondir,
Dono tirik hamisha, nodon o‘liksimondir.
Abduraxmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, avvalo, mamlakatni boshqaruvchi xukmdorlar ilmli bo‘lishi, agar rahbar nodon, joxil bo‘lsa, el boshiga juda ko‘p nadomat, zulm yog‘ilishi mumkinligini ifodalaydi:

Shoh agar bo‘lmasa bilimdon hokim,
Jahl botkoshda bo‘lur mukim.
Yo gar undan doim jaholat, o‘lim,
El boshiga tushar nadomat, zulm.

«Baxoriston» asarida esa ilmni bexuda egallamaslik, xar bir shaxs foydasi tegadigan ilmni egalashi zarurligini ta’kidlaydi: Eng zarur bilimni kunt bilan o‘rgan, Zarur bo‘lmaganin axtarib yurma. Zarurini hosil kilgandan keyin, Unga amal kilmay umr o‘tkurma. Abduraxmon Jomiy asarlarida xam boshqa allomalardagi kabi tarbiyaning axamiyatiga katta e’tibor beriladi. Yetuk insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlar uning barcha asarlarida keng tarannum etiladi. Masalan, xaqiqiy insonga xos bo‘lgan axloqiy xislatlardan yaxshilik, saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do‘stlik, rostgo‘ylik, mexnatsevarlik kabilarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratadi. Bunday sifatlardan saxovat va kamtarlik, karamni eng ulug‘ insoniy fazilatlardan biri deb biladi. «Baxoriston»da u «saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, xatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorchilik bo‘lgani taqdirda xam, u saxovat emas», - deydi. Abduraxmon Jomiy inson ta’masizlik va qanoatda xirs va ta’madan uzoq bo‘lishini istaydi.
Kimning qalb diliga kirdi qanoat, hirs bilan ta’madan qutuldi bori. Qanoat gilami to‘shalgan yerda, Sindi ochko‘zligu ta’ma bozori. Jomiy insoniylik fazilatlaridan sanalgan kamtarlikni targ‘ib etar ekan, kibr-havo, manmanlik, razolat, joxillik kabi illatlarni fosh etadi.
Masalan, utakabbur, manman shaxslar bosh ko‘targan boshoq kabi o‘roq zarbi bilan erga yiqilib, sarg‘ayib so‘lishi mumkin desa, kamtar kishilarni esa o‘zini tuproqqa tashlagan don, qushlar tomonidan avaylab erdan ko‘tarib ketganlaridek e’zozda bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
Ayniqsa, Jomiy «Iskandar xiradnomasi» asarining «Iskandarning pokizalar shaxriga etishi» bobida ifodalangan insonga xos xislatlarning tarannum etilishi, bizga Forobiyning «Fozil odamlar shaxri» asaridagi «Fozillar shaxri xokimining fazilatlar»ni eslatadi. Har ikki asarda xam fozillar shaxri axolisiga xos xislatlar yaxshilikning g‘olib kelishi va barcha yomon illatlar: urush, nizo, joxiliyat, zulm, boylikka xirs, ta’magirlik yo‘q etilishi yoritiladi.
Iskandar jaxon aylanib, bir shaxarga keladi. U yerning xalqi, turmush tarzi shoxni lol qoldiradi. Mazkur shaxarda odamlar tinch, osoyishta, urush-janjallarsiz xayot kechiradi; barcha barobar mexnat bilan shug‘ullanadi. SHaxarda o‘g‘ri yo‘q, barcha eshiklar qulfsiz. Bu shaxarda adolat xukmron bo‘lib, barcha fuqarolar bir xil xayot kechiradi. Ularga bunday xayot ota-bobolaridan meros qolgan bo‘lib, shaxar axli bu an’analarni e’zozlab asraydi va amal qiladi. Jomiyning «pokizalar shaxri» uning yuksak orzu-umidi, insoniyat tarixidagi ideal tuzum timsolidir.
Jomiy tasavvurida xaqiqiy etuk inson el, xalq uchun xizmat qilib, yaxshi nom qoldirishi zarur. "Silsilatuz-zaxob" dostonidagi quyidagi pandlar uning barcha qarashlariga yakundek sanaladi:

O‘z koningdan pshshkari ko‘ygil kadam,
Gavharingni ayla, pardoz dam-badam.
El uchun undan kelur ne foyda,
Konda gavhar yotgani befoyda.
Koldiray desang jahonda yaxshi nom,
YAxshilik kil, yaxshilik kilgil mudom,
Hech keshiga ranju ozor bermagil.
Jomiy asarlarida yaxshilikning barkamol inson ega bo‘lishi zarur bo‘lgan eng muqaddas axloqiy xislat sifatida tarannum etilishi bejiz emas. Zero, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan boshlab yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash va yaxshilik, ezgulikning g‘olib kelishiga bo‘lgan oliy istak barcha pandnomalarning asosini tashqil etgan.
Xulosa qilib aytganda, Abduraxmon Jomiyning yetti dostondan iborat "Haft avrang" ("Yetti taxt") asarining "Tuqfatul-axror" ("Erkinlar tuxvasi"), "Sabxatul-abror" ("Yaxshilar tasbixi") kabi falsafiy-axloqiy asarlari;"Xiradnomai Iskandar" dostoni, "Silsilatuz zaxob" ("Oltin tizmalar") asarlarida uning barkamol inson tarbiyasiga oid umuminsoniy goyalari o‘z ifodasini topgan.
4 «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da oliy ta‘lim oldiga qo‘yilgan 
vazifalarning ijrosi sobiq sho‘rolar davridan qolgan, mustaqil O‘zbekiston ta‘lim 
tizimini tamomila yangi bosqichga ko‘tarishga imkon yaratadi. 
Bundan tashqari, yetishib chiqayotgan kadrlarda chuqur va mustaqil 
bilimlarni shakllantirish, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, Vatanga muxabbatli, 
bu yo‘ldagi fidoyilikni tarbiyalashni davom ettirish ham oliy ta‘limning asosiy 
vazifasidir. 
SHuningdek, bu yo‘lda fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy 
tadqiqotlar samaradorligini oshirish, olingan natijalardan ta‘lim jarayonida unumli 
foydalanmasdan, o‘qitish amaliyotiga yangi pedagogik va informatsion 
texnologiyalarni kiritmasdan yuqorida ta‘kidlangan natijaga erishish qiyin 
masaladir. 
Ushbu asosiy tamoyillarga avvalambor, ta‘lim va tarbiyaning insonparvarligi 
va demokratikligi, universitet ta‘limining ustivorligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta‘limi, Oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limning uzluksizligi va vorisiyligi, 
ta‘lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi, davlat ta‘lim standartlari 
doirasida oliy ta‘limning xamma uchun ochiqligi,talant va iqtidorlikni 
rag‘batlantirish, oliy ta‘lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvining 
uyg‘unlashuvi, oliy ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi va boshqalar 
kiradi. 

YUqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, davlat ta‘lim standartlari doirasida oliy 
ma‘lumot olish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun ochiqdir. Bunday 
imkoniyat esa ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 
a) davlat grantlari, ya‘ni talabalarning o‘qish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarini 
davlat o‘z zimmasiga oladi. Grantlar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida 
oliy malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi. SHuningdek, 
Prezidentimiz Farmoniga asosan halqaro va respublika fan olimpiadalari, xalqaro 


musobaqalar g‘oliblari oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarsiz kirish huquqiga 
egadirlar; 
b) bundan tashqari, yoshlarimiz to‘lov-kontrakt shaklida ham oliy o‘quv 
yurtlarida o‘qishlari mumkin. Bunda oliy ma‘lumot olish istagida bo‘lgan yoshlar 
tegishli o‘quv yurtlari ma‘muriyati bilan shartnoma tuzadilar. 
SHartnomada har ikkala tomonning vazifalari belgilab olinadi. Talabalik 
safiga test sinovlari natijalari yoki grantlardan so‘ng ballar ketma-ketligi (reyting) 
asosida qabul qilingan abiturentlar belgilangan miqdordan mablag‘ni oliy o‘quv 
yurti hisobiga o‘tkazadilar. Tegishli mablag‘ni talaba uchun muassasalar, 
korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlar ham o‘tkazishlari mumkin. 
To‘lov-kontrakt shaklida o‘qish qoidalari va shartlari davlat tomonidan 
mavjud qonunchilikka asoslangan holda belgilanadi. 
Kontraktdan tushgan mablag‘lardan oliy o‘quv yurtining moddiy-texnika 
negizini mustahkamlash, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish, talabalarni ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash va boshqa maqsadlardan foydalaniladi.
SHuningdek, respublikamizda oliy ta‘lim muassasalari quyidagilardir: 
a) Universitet — kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha 
oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturini amalga oshirishga imkon 
beradigan bilim dargohidir; 
b) Akademiya — kadrlar tayyorlash va bilimlarning aniq sohalari bo‘yicha 
oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini amalga oshiradi; 
v) Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha oliy 
va qoidaga ko‘ra oliy o‘quv yurtidan keyngi ta‘lim dasturini amalga oshirishga 
qaratilgan bilim dargohidir. 
SHuningdek, davlat tasarrufida bo‘lmagan oliy ta‘lim muassasalari ta‘lim 
faoliyati huquqini faqatgina davlat attestatsiyasidan o‘tgandan boshlab kiritadilar. 
Oliy ta‘lim muassalari attestatsiya natijalariga ko‘ra davlat akreditatsiyasidan 
maxrum etilishlari ham mumkin. 
YUqorida ta‘kidlanganidek, davlat ta‘lim standartlari doirasida oliy ma‘lumot 
olish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun ochiqdir.

SHuningdek, 2001 yil avgust oyining oxirlarida Toshkent shahri 
mahallalarining birida olib borilgan so‘rovlar natijalarida shunga amin bo‘ldik-ki, 
mazkur mahalladagi 15 ta oilada oliy o‘quv yurtiga imtixon topshirgan yoshlarning 
8 tasi kontrakt asosida oliy ma‘lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, lekin moddiy 
ahvol sabab bo‘lib ularning 6 tasi o‘qish imkoniyaga ega bo‘la olmagan. 
SHuningdek, bunaqangi ma‘lumotlar boshqa ko‘plab joylarda uchraydi. SHu 
o‘rinda kelgusida oliy ta‘lim tizimida davlat grantlarini (hech bo‘lmaganda 20% 
ini) saqlab qolish zarurligini ta‘kidlash joiz. 
Zero, bu ixtidorli yoshlarimizning (ayrim) o‘z istaklari asosida kasb tanlashi 
va mamlakatimiz kelajagi uchun zarur kadrlar bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega 
bo‘la olishlarini ta‘minlaydi. 
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini amalda joriy 
qilinish to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur qonunning asosini tashkil 
qiluvchi uzluksiz ta‘lim tizimi birinchi bo‘lib diqqatimizni jalb qiladi.
Ma‘lumki, uzluksiz ta‘lim tizimining ilk qadamlari maktabgacha ta‘limdan 
boshlanadi. 
1998 yilgacha bo‘lgan statistik ma‘lumotlarga ko‘ra maktabgacha tarbiya 
muassasalari respublikamizda 6911 ta bo‘lgan, hozirgi kunda birgina Toshkent 
shahrida 21 ta «Bolalar bog‘chasi - maktab» majmui, 5 ta xususiy bog‘cha, 2 ta 
reabilitatsiya markazi rivojlanishda turli xil ruhiy va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan 
bolalar uchun 43 ta maxsus, gepatit va sil kasaligiga uchragan bolalar uchun 29 ta 
sanatoriy tipidagi maktabgacha ta‘lim muassasalari tashkil qilingan. 
Respublikamiz umumta‘lim maktablari 1999 – yilgacha bo‘lgan statistik 
ma‘lumotlarga qaraganda 1998/99 o‘quv yilida 9703 tadan iborat bo‘lgan. 
SHuningdek, chuqurlashtirilgan predmetlarni o‘rgatuvchi maktablar soni 
1995/96 o‘quv yilida respublikamizda 2494 ta bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1998/99 yili 
3254 taga ortdi. 
Bundan tashqari, umumta‘lim maktablarining 9-sinfini bitiruvchilar soni 
1997 yil 481527 bo‘lgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 487258 taga yetgan. 
  1. Tokio universiteti va uning AKT sohasidagi imkoniyatlari.




Tokio universiteti, Todai nomi bilan ham tanilgan, Yaponiyaning poytaxti - Tokio shahri markazida joylashgan. U 1877 yilda imperatorlik tibbiyot maktablari va G'arb madaniyatini o'rganish fakulteti negizida tashkil etilgan. 1886-yilda maktab imperatorlik maktabining maqomiga ega bo'ldi va o'sha vaqtdan beri u Osiyodagi eng obro'li universitetlardan biri bo'lib qoladi. Tokio universiteti Xalqaro tadqiqot universitetlari ittifoqi va Tinch okean universitetlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro assotsiatsiyalarning a'zosi.
Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling