Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19


Download 426.26 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi426.26 Kb.
#1589154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi

Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi

Guruh:40-19

Tayyorladi:Qurbonboyeva Sh

Tekshirdi:Fayziyeva N

REJA:

REJA:

1.Makaron mahsulotlari texnologiyasi va tasnifi

2.Makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik sxemasi

3.Xomashyoni ishlab chiqarishga tayyorlash

4.Makaron xamirini tayyorlash va presslash

5.Nam makaron mahsulotlarni bo`laklash va quritish

6.Makaron mahsulotlarini sovitish, qadoqlash, joylash va saqlash

7.Makaron mahsulotlarining sifat ko`rsatkichlari

MAKARON MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI

Makaron mahsulotlari - un va suvdan, ba'zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta'm beruvchi moddalar qo'shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ish lab chiqarishda juda keng qo'llaniladi. Namligi past (13 %) bo'lganligi bois xossalarini o'zgartirmasdan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli.

MAKARON MAHSULOTLARINING TASNIFI

Bug'doy turi va unning naviga ko'ra makaron mahsulotlari A, B,V guruhlarga va I, 2-sinftarga bo'linadi: A guruhiga- qattiq bug'doyunidan; B guruhiga-shaffoftigi yuqori bo'lgan yumshoq bug'doy unidan; V guruhiga-yumshoq bug'doydan tortilgan novvoylik unidan tayyorlangan mahsulotlar; I-sinfga-oliy navli undan; 2-sinfga- birinchi navli undan tayyorlangan mahsulotlar kiradi. Ta'm beruvchi va boyituvchi qo'shimchalar qo'shib makaron mahsulotlari tayyorlanganda guruh va sinf ko'rsatkichlari yoniga mos qo'shimchaning nomi ham qo'shiladi, masalan, B guruh, I-sinf, tuxumli, V guruh, 2-sinf, tomatli va hokazo. GOST 875 ga ko'ra makaron mahsulotlari quyidagi tiplarga bo'linadi: naysimon, ipsimon (vermishel), tasmasimon (ugra) va shakldor. O'z navbatida makaron mahsulotlarining tiplari xillarga (podtiplarga) va turlarga bo'linadi.


Download 426.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling