Makkajo‘xori


Ma’danli oziqlanish xusiisiyati


Download 292.78 Kb.
bet11/24
Sana05.01.2022
Hajmi292.78 Kb.
#209554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
Makkajo‘xori

Ma’danli oziqlanish xusiisiyati. Makkajo‘xorida asosiy oziqa element- larining o‘zlashtirilishi quruq modda to'planishi bilan muvofiq holda kecha- di. Barglarning ishlashida asosiy rolni azot o‘ynaydi. Bu element bilan o‘simlikning me’yorida ta’minlanishi barg yuzasini, uning ishi davomiy- ligini oshiradi, o‘sish jarayonlarini kuchaytiradi, oqsil sintezini jadallash- tiradi. Azotning yetishmasligi barglarda xlorofillning kamayishiga olib keladi, o‘simlik sekin ocsadi, barglar mayda bo‘ladi. Azotga eng ko‘p talab 0‘simlikning dastlabki rivojlanish fazalarida (4—5 barg hosil bo‘lganda) kuzatiladi. Yosh ocsimliklar birinchi oyda gektaridan 3,4—5,6 kg 0‘zlashtirilsa, ro‘vaklar hosil bo‘layotganda ular har kuni shuncha azotni o‘zlashtiradi. Azotning eng jadal o‘zlashtiri 1 ishi ro‘vaklashga 2 hafta qol- ganda boshlanadi. Gullashga kelib uning o‘zlashtiri 1 ishi pasayadi va nis- batan yuqori hosilda mum pishish davrigacha saqlanadi. Barglar va poya- larda azotning to‘planishi donning mum pishish fazasigacha saqlanadi.

Sug‘oriladigan yerlarda azot miqdori o‘simlikda va uning organla- rida vegetatsiya davoimida o‘sib boradi.



Fosfor. Urug‘laming unishi, o‘simlikning rivojlanishini tezlashtiradi, qurg^qchilikka va past haroratga chidamliligini oshiradi. Tuproqda u kam yoki bo‘lmasa reproduktiv organlar hosil bo‘lishi boshlanadi va o£simlik o‘sishi to‘xtaydi. Makkajo‘xorining fosforga bo‘lgan o‘ta talab- chan davri 2—3 ta barg hosil qilgan paytga to‘g‘ri keladi. Bu davrda fosforning yetishmasligini kelgusi davrlarda juda ko‘p ta’minlash bilan ham qoplab bo‘lmaydi. Bu esa hosildorlikning keskin kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham sug'oriladigan yerlarda qator oralig'iga kul- tivatsiya bilan fosforli o‘g‘itlar beriladi.

Kaliy. 0‘simlikdagi uglevodlar, oqsil almashinuvida faol ishtirok etadi. Tuproqda uning yetishmasligi fotosintez mahsulotlarining barglardan boshqa organlarga o‘tishini kamaytiradi, o‘simlikning o‘sishi to'xtaydi, barglar chetida kuyganga o‘xshash dog‘lar hosil bo‘ladi, so‘talar mayda, donlari siyrak bo‘ladi. Kaliyli oziqlanishning me’yorida o‘tishi o‘simlikni qurg‘oqchilikka, yotib qolishga, zamburug‘ kasalliklariga chidamliligini oshiradi, donlar to‘la boMishini ta’minlaydi. Bu element ro‘vakning gullashi davrida eng ko‘p o‘zlashtiriladi. Sut pishish davridan boshlab o‘simlikda kaliy miqdori kamayib boshlaydi.

P.G. Naydin ma’lumoti bo‘yicha 5—7 t/ga hosil bilan makkajo‘xori 150—180 kg azot, 50—70 kg fosfor va 150 kg kaliyni olib chiqadi.

Makkajo‘xori vegetatsiya davrining birinchi yarmida vegetatsiya davo- mida o‘zlashtiriladigan 40 % azotni, 30 % fosforni, 70 % kaliyni o‘zlashtiradi.


Download 292.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling