Makkajo‘xori


Makkajo‘xorini ang‘izda yetishtirish


Download 292.78 Kb.
bet23/24
Sana05.01.2022
Hajmi292.78 Kb.
#209554
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Makkajo‘xori

Makkajo‘xorini ang‘izda yetishtirish. 0‘zbekistonda boshoqli don ekinlari 1 min gektardan ortiq maydonlarga ekilmoqda. Dalalar hosil- dan may oyining ikkinchi yarmi, iyundan boshlab bo'shaydi. Ulardan bo'shagan maydonlarga makkajVxori don va silos uchun ekiladi. Ka- ram, kartoshkadan bo‘shagan maydonlar ham makkajo‘xorini takroriy ekishga yaroqli.

Boshoqli don ekinlari mum pishish davrida yengil sug'oriladi. Hosil tez yigcishtirilib, tuproq qurib ketmasdan 25—30 sm chuqurlikda hay- daladi va boronalanadi. Hosil yig‘ishtirish cho‘zilib ketsa, somonlar olib chiqilgandan keyin, dala gektariga 500—600 m3 me’yorda sug'oriladi. Tuproq mexanik tarkibiga ko‘ra 3—6 kunda yetiladi. Keyin chizellanib, boronalanadi, mola bosiladi. Ekish oldidan 10—15* t chirigan go‘ng, 150—200 kg/ga ammofos, 150 kg/ga kaliy tuzi solinadi.

O'suv davrida birinchi azotli oziqlantirish 50 kg/ga ikkinchisi 60 kg/ga me’yorda o'tkaziladi. O'suv davrida 3—4 sug‘orish octkaziladi. Mavsumiy sug‘orish me’yori 2400—3200 m3/ga-

Makkajo'xorining saralangan, dorilangan urug‘lari ekiladi. Ang'izga makkajo'xorini Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida 1—20-iyunda, Qashqadaryo, Surxandaryoda 25-maydan 10-iyungacha, Farg‘ona vodiysida 5—20-iyunda don va silos uchun ekish mumkin. Bunda makkajVxori qancha erta ekilsa, shuncha yuqori hosil beradi.

Zarafshon vodiysida Uzbekskaya skorospelka navi ang‘izga ekilgan­da eng yuqori, yashil massa hosili gektariga 150 ming tup qalinlikda 506,3 s/ga, Krasnodarskiy—301 TV duragayi 607,5 s/ga ni tashkil qil- gan. Shu nav va duragay don uchun yetishtirilganda tup qalinligi 75 va 90 ming/ga bo'lganda hosildorlik muvofiq holda 70,6 va 80,2 s/ga bo‘lgan.

Ekish me’yori nav va duragaylarning biologik xususiyatlariga hamda ekilish maqsadiga bog‘liq holda o'zgaradi. 0‘rtacha 25—40 kg/ga urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 8—12 sm.

Yozda havo issiq bo'lganligi uchun urug'lar ekilgandan keyin 4-6 kunda unib chiqadi. Makkajo'xori qisqa kun o'simligi, shuning uchun ang'izga ekilgan makkajo‘xori bahorda ekilganga nisbatan 10-15 kun erta yetiladi.

0‘suv davrida qator riralari 2—3 marta kultivatsiya qilinadi.




Download 292.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling