Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy shaxsiyati va ijtimoiy faoliyatiga doir qarashlar
Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili) ta`lim yo`nalishi sirtqi ta`lim shakli 3-bosqich 201-guruh talabasi Abdullayeva Go`zalxonning Navoiyshunoslik Fanidan mustaqil ta`lim taqdimoti Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy shaxsiyati va ijtimoiy faoliyatiga doir qarashlar -
Xondamirning hayoti va ijodi haqida oʻz asarlari va zamondoshlari yozib qoldirgan oz-moz maʼlumotdan tashqari, deyarli maʼlumot yoʻq.
-
Xondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi.
-
Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.
Ona tomonidan u “Ravzat us-safo” (“Musaffolik bogʻi”) muallifi, mashhur tarixchi Mirxondning nabirasi boʻlgan. -
Ona tomonidan u “Ravzat us-safo” (“Musaffolik bogʻi”) muallifi, mashhur tarixchi Mirxondning nabirasi boʻlgan.
-
Otasi Xoja Xumomuddin Muhammad ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Xoja Burhonuddin Muhammad Sheroziy oʻz zamonining ziyolilaridan edi va Sulton Mahmud Mirzo Temuriyning (Hisori Shodmon va Badaxshonda hukmronlik qilgan) vaziri boʻlgan.
-
Xondamir (tugʻilishi – 1473–76 yillar, vafoti – 1534) yillar orasida Hirot shahrida tugʻilgan va oʻsha yerda taʼlim olgan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. U tarix, adabiyot va inshoni puxta egallab, oʻz zamonasining yirik olimi sifatida nom qozongan tarixchidir.
-
U bolalik davridan boshlab ilm olishga harakat qiladi. Yigitlik davrida olim va fozillar yig‘inlarida ishtirok etadi. Mustaqil holda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Samarqandda Xoja Fazlulloh Abullaysiydan saboq oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |