Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo’lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi. - Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik tsikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo’lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi.
- Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi.
- Investor – o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti hisoblanadi. Investor huquqiy jihatdan investitsiya natijalariga o’zi egalik qiladi. U kapital qo’yilmalarni joylashtirish sohalarini o’zi tanlaydi, qurilayotgan ob’ekt uchun shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni qatnashchilari bilan moliya-kredit munosabatlarini amalga oshiradi.
- Buyurtmachi – ob’ekt qurilishi bo’yicha boshqaruvni va tashkiliy masalalarni (texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqishdan to ob’ektni ishga tushirishgacha yoki ekspluatatsiyaga topshirishgacha) zimmasiga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
3.Qurilishning tashkiliy shakllari. Kapital qurilishda loyihalashtirish - Kapital qurilishda, odatda, qurilish ikki usulda olib boriladi: xo’jalik va pudrat usuli, shu jumladan, qurilish ob’ektini «tayyor holda topshirish» usuli.
- Xo’jalik usulida qurilish ob’ekti investorning yoki buyurtmachining o’z kuchlari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur usul, odatda, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirish va ta’mirlashda, faoliyat yuritayotgan korxona hududida kichik ob’ektlarni qurishda qo’llaniladi. Ko’lami jihatidan kichik bo’lgan ishlar turli malakaga ega bo’lgan ishchilar tomonidan bajariladi. Xo’jalik usulida, ko’p hollarda, ishchilarning malakasi nisbatan past, yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lgan maxsus texnikalar bilan ta’minlanish darajasi ham past va mehnat unumdorligi yuqori bo’lmaydi. Bularning barchasi qurilishni industrlashtirish, yuqori malakali qurilish jamoasini shakllantirish imkonini bermaydi. Biroq, bu usulning o’ziga xos afzalligi mavjud - turli xil kelishuvlar bo’yicha (masalan, pudrat qurilish tashkilotlarini jalb qilish va h.k.) vaqtning tejalishi va boshqalar. Xo’jalik usulida – ob’ektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish ishlari xo’jalik sub’ektlarining – korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu kabilarning kuch va mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta ta’mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob’ektlari va hududlarni obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari, ko’pincha, shu usulda olib boriladi.
- Pudrat usulida qurilish ob’ekti doimo faoliyat ko’rsatuvchi maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Ushbu tashkilotlarning o’z moddiy-texnik bazasi, mexanizatsiya vositalari va transportlari, maxsus ixtisoslikka ega bo’lgan kadrlari mavjud bo’ladi. Pudrat usuli qurilishning butun davriga (qurilish to’liq tugallangunga qadar) buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi) bilan shartnoma tuzishni nazarda tutadi. Mazkur shartnoma Bosh shartnoma deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |