Qurilish jarayoni qatnashchilarining o’zaro munosabatlari ushbu shartnoma va respublika hukumatining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralarning tegishli qoidalari, tartiblari bilan tartibga solinadi. Bosh pudrat shartnomasida tomonlarning (buyurtmasi va pudratchining) huquq va majburiyatlari, javobgarligi, qurilishni amalga oshirish tartibi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti kabilar belgilab olinadi. - Qurilish jarayoni qatnashchilarining o’zaro munosabatlari ushbu shartnoma va respublika hukumatining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralarning tegishli qoidalari, tartiblari bilan tartibga solinadi. Bosh pudrat shartnomasida tomonlarning (buyurtmasi va pudratchining) huquq va majburiyatlari, javobgarligi, qurilishni amalga oshirish tartibi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti kabilar belgilab olinadi.
- Qurilishning pudrat shartnomasi korxonani, binoni (jumladan, uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa ob’ektni qurish yohud qayta qurish haqida, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan ob’ekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilishning pudrat shartnomasi to’g’risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
- Qurilishning pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ob’ektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko’rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga oladi.
- Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to’languncha pudratchi hisoblanadi. Agar pudrat ob’ekti nobud bo’lsa yoki shikastlansa, ob’ekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud bo’lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo’ladi. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo’ladi. Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo’ygan bo’lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob’ektni yoki ishlar majmuini pudratchi o’z hisobidan sug’urtalashi shart.
- Kapital qurilishda loyihalashtirish qurilishga tayyorgarlik ko’rish bosqichi hisoblanadi. Qandaydir ob’ektni (korxona, bino, inshoot) qurish uchun, eng avvalo, uni loyihalashtirish zarur bo’ladi.
- Ob’ektlarni loyihalashtirish jarayoni, qoida tariqasida, 3 bosqichga bo’linadi. Ob’ektlarni loyihalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyihalashtirishni tashkil etishning taxminiy sxemasini 6.1-jadval asosida ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |