Texnika xavfsizligi qoidalari va kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, laboratoriya jixozlari bilan tanishish


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1702212
  1   2   3

LABORATORIYAISHI № 1.
TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI VA KIMYO LABORATORIYASIDA ISHLASH QOIDALARI, LABORATORIYA JIXOZLARI BILAN TANISHISH
Kimyo laboratoriyasida ishlash vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qiling

  • Tajriba o‘tkazishdanoldin, darslik va ma’ruzalarning tegishli bo‘limlarini o‘qib chiqing va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishing.

  • Tajriba uchun kerakli narsalarning (idishlar, asboblar, reaktivlar) hammasi mavjudligi aniqlanmaguncha tajribani boshlamang.

  • Tajriba o‘tkazish vaqtida ishning qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartibi va ketma-ketligiga rioya qiling, shoshma-shosharlik va pala-partishlikka yo‘l qo‘ymang.

  • Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning hamma tafsilotlarini bilib oling.

  • Tajriba tugagach, ish o‘rnini tazolab qo‘yishni unutmang.

  • Kuzatilgan barcha hodisalarni va bajarilgan reaksiya tenglamalarini har qaysi tajribadan keyin darhol ish daftaringizga yozib qo‘ying.

  • Laboratoriya jurnaliga tajriba o‘tkazilgan kunni, mavzuning nomini, ishning mazmunini (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatish natijalarini, reaksiya tenglamalarini, hisoblar va xulosalarni yozing.



Laboratoriyada ishlayotganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilish zarur:

  • Zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarning hammasini mo‘rili shkafda bajarishni unutmang.

  • Ajralib chiqayotgan gazni idishga yaqin engashib hidlamang. Gazni hidlash zarur bo‘lsa, ehtiyot bo‘lib, havoni qo‘lingiz bilan idish og‘zidan o‘zingiz tomon yelpib ma’lum masofada hidlang.

  • Konsentrlangan kislotalarni, ayniqsa, sulfat kislotani suv bilan suyultirishda suvni kislotaga emas, balki kislotani suvga jildiratib aralashtirib turib, quyish kerak.

  • Reaktivlarni quyishda ular o‘zingizga yoki kiyimingizga sachramasligi uchun hyech vaqt idishning tepasiga engashmang.

  • Suyuqlikni qizdirayotganda probirka og‘zini o‘zingizdan va yaqin turgan kishilardan chetga qaratib tuting.

  • Suyuqlikni qizdirayotganda idish ustiga engashib qaramang, chunki suyuqlik qaynaganda sachrashi mumkin.

  • Ishlaganda reaktivlarning (ayniqsa kislota va ishqorlarning) yuzga, qo‘l va ust-boshga tegmasligini doimo kuzatib boring.

  • Oson o‘t oluvchi, uchuvchan moddalar bilan qilinadigan tajribalarni o‘tdan uzoqroqda va imkoni boricha mo‘rili shkaf ostida o‘tkazish lozim.

  • Mashg‘ulot dasturida ko‘rsatilmagan tajribalarni o‘tkazish qat’iyan ta’qiqlanadi.




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling