Tabiiy resurslardan foydalanishda qoidalarga rioya qiling


Download 138.95 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi138.95 Kb.
#1267413
Bog'liq
yashil5


Tabiiy resurslardan foydalanishda qoidalarga rioya qiling
25.09.2017
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan «Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi va «Yer osti boyliklari toʻgʻrisida»gi Qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat "Xalq soʻzi" gazetasida e’lon qilindi.
Aniqlashtirilishicha, tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish, tabiat majmualari yaхlitligini saqlab qolish, jonli tabiat ob’yektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek, yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishning qator yangi shartlari kiritilgan:

  • yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;

  • foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari boʻyicha, shuningdek mineral хom ashyoni qazib olish va qayta ishlash korхonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasi mavjud boʻlsa;

  • yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya mavjud boʻlsa yoki yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim mavjud boʻlsa;

  • foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil boʻladigan va sigʻdiradigan jinslar agʻdarmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli ta’sir koʻrsatishi ta’minlangan holda joylashtirilsa.

Bundan tashqari, keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda hokimliklar bilan kelishilgan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari ta’minlanishi, shuningdek davlatga, atrof-muhitga zarar keltirilishining hamda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun хavf yuzaga kelishining oldini olish chora-tadbirlari koʻrilishi kerak. Koʻrsatilgan sub’yektlarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/tabiiy_resurslardan_foydalanishda_qoidalarga_rioya_qiling



Download 138.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling