Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo-texnologiya” fakul’teti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasikafedrasi magistratura bitiruvchisi Qayumjonov Odiljon Ravshanbek o’g’lining «Makrogetrosiklik birikmalar asosida yuqori intensiv organik pigmentlar olish texnalogiyasini ishlab chiqish» mavzusida bajargan magistrlik dissertatsiya ishiga rahbari t.f.PhD., dots. M.O.Yusupovning
FIKRNOMASI
1. Dissertatsiya ish mavzusi dolzarbligining asoslanishi. Hozirgi vaqtda jahonda ftalotsianin pigmentlari asosidagi elektr va optik materiallar, quyosh batareyalari, kimyoviy sensorlar ishlab chiqarish kabi ilg‘or texnologiyalar rivojlanmoqda. Ftalotsianin pigmentlarining muhim afzalligi ularning juda kam zaharliligi bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash materiallari, dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek, ftalotsianinlar va ularning hosilalari yuqori kimyoviy qarshilik, chiroyli va sof ranglarga egaligi, har qanday polimer materiallarni bo‘yash uchun mosligi e’tiborini tortmoqda.
2. Talabaning nazariy tayyorgarlik darajasi. Qayumjonov Odiljon Ravshanbek o’g’lining «Makrogetrosiklik birikmalar asosida yuqori intensiv organik pigmentlar olish texnalogiyasini ishlab chiqish» mavzusida bajargan magistrlik dissertatsiya ishida mis va mis kalsiy saqlovchi ftalotsianin pigmenti sintezi nazariy va amaliy jixatdan yetarlicha o’rganib chiqqan.Dissertatsiya adabyotlar sharhida organik ftalotsianin pigmentlari tarixi va termik taxlil usullari o’rganib chiqdi.
3. Magistrlik dissertatsiya ish yozma hisobotining bajarilish sifati (rasmiylashtirilishi, pedagogik texnologiya usullaridan foydalangani, xulosalarning asosliligi). Dunyoda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar hajmi jadal suratlarda o’sib bormoqda. Dissertatsiyada mis va mis kalsiy saqlovchi ftalotsianin pigmenti sintezi nazariy va amaliy jixatdan yetarlicha o’rganib chiqqan. Dissertatsiya matni talab doirasida rasmiylashtirilgan va unda zamonaviy pedagokik texnologiyalarga asoslangan holda materiallar tayyorlangan.
4. Chizma, grafik, jadval va boshqa didaktik materiallarning mavzu mazmuniga mos kelishi va me’yor talablariga muvofiqligi. Magistrlik dissertatsiya ish himoyasiga 18 ta jadval, 1 ta texnologik sxema mavjud. Tayyorlangan grafik materiallar belgilangan talablarga mos keladi.
5. Magistrlik dissertatsiya ishning unga qo’yilgan talablarga mos kelishi, yakunlanganligi va himoyaga qo’yilish imkoni. Qayumjonov Odiljon Ravshanbek o’g’lining «Makrogetrosiklik birikmalar asosida yuqori intensiv organik pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida bajargan Dissertatsiya ishi belgilangan Nizom talablari asosida bajarilgan va YaDA da “a’lo” baholanishini tavsiya etaman..
Rahbarning ish joyi va lavozimi NamMTI Kimyoviy texnologiya kafedrasi t.f.PhD., dots. Yusupov Muzafar Orifjonovich.
“_____”_______________2023 yil.
Imzo_________________
Do'stlaringiz bilan baham: |