Makroiqtisodiy ayniyatlar
Download 13.57 Kb.
|
Makroiqtisodiy ayniyatlar
Makroiqtisodiy ayniyatlar. Pul va tovar oqimlari hajmlarining bir xilligidan kelib chiqib, 1911 yilda Irving Fisher makroiqtisodiyotda muhim ahamiyatga ega bo’lgan miqdoriy tenglama deb nom olgan ayniyatni ishlab chiqqan: M*V = Q*P bu erda: M – pul massasi hajmi; V – pul aylanish tezligi; Q – real ishlab chiqarilgan YAIM; R – YAIM deflyatori. Q*P – nominal YAIM, ya’ni pulga talab bo’lsa, M*V – pul taklifini ifodalaydi. Yuqorida keltirilgan tenglama daromadlarning doiraviy aylanishini ko’rsatadi. Yana bir makroiqtisodiy ayniyat bo’lib YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli hisoblanadi, ya’ni YAICH – OI = YAIM. Boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashdagi boshqa ayniyatlarni davom ettirish mumkin. YAIM + xorijdan olingan sof omil daromadlari = YAMD YAMD – asosiy kapital iste’moli = SMD (sof milliy daromad) SMD – bilvosita soliqlar + subsidiyalar = MD (milliy daromad) Yuqorida keltirilgan barcha makroiqtisodiy ayniyatlar MHTdagi asosiy agregatlarni hisoblashda qo’llaniladi. Xarajatlar usuli bo’yicha YAIM quyidagicha aniqlanadi: YAIM=UPI+INH+JPI+SE , bu erda: YAIM – yalpi ichki mahsulot; UPI – uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari; INH – investitsiya xarajatlari; JPI– davlatning tovar va xizmatlarni xarid qilish xarajatlari (joriy pirovard iste’mol xarajatlari); SE – sof eksport (eksport – import). Jamg’arish va investitsiya ayniyati quyidagi ko’rinishga ega: JA = YAIM – UPI – JPI, UPI+ JPI + INH = JA + UPI + JPI, yoki
INH = JA. O’z navbatida, jamg’arish(JA): xususiy jamg’arma (HJ), davlat jamg’armasi (DJ) va tashqi dunyo jamg’armalarini (TJ) qamrab oladi, ya’ni JA = HJ + DJ + TJ. Xususiy jamg’armalar quyidagicha shakllanadi: HJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI , bu erda: TR – xususiy sektorga davlat transfertlari; DQ – davlat qarzi (qimmatbaho qog’ozlar) bo’yicha olingan foizlar; XS – xususiy sektor tomonidan to’langan soliqlar; UPI – uy xo’jaliklarining pirovard iste’mol xarajatlari. Davlat jamg’arishini ifodalaydigan ayniyat quyidagi ko’rinishga ega: DJ = (XS – TR – DQ) – JPI . Agar davlat jamg’arishi salbiy miqdorga teng bo’lsa, bu davlat byudjetining kamomad bilan ijro etilganligini anglatadi: DB = - DJ Tashqi dunyo jamg’arishi bo’yicha ayniyat tashqi savdo aylanishi saldosiga ko’ra aniqlanadi: TJ = M – X yoki TJ = -SE. Pirovardida yuqorida keltirilgan ayniyatlarni umumlashtirsak, quyidagi ayniyatlarga ega bo’lamiz: HJ + DJ + TJ = (YAIM + TR + DQ – XS) – UPI + (XS – TR – DQ) – JPI + (-SE), HJ + DJ + TJ =YAIM – UPI – JPI – SE, JA = INH. Download 13.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling