Makroiqtisodiy barqarorlashtirtish siyosati va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitlarini shakillantirish
Download 49.99 Kb.
|
MAKROIQTISODIY BARQARORLASHTIRTISH SIYOSATI VA IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH SHAROITLARINI SHAKILLANTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
MAKROIQTISODIY BARQARORLASHTIRTISH SIYOSATI VA IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH SHAROITLARINI SHAKILLANTIRISH MUNDARIJAKirish 2 1.Moliyaviy dasturlash - makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim quroli 6 2.Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni 13 3. O'zbskistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish vazifalari 14 4. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta`minlash – makroiqtisodiy siyosatning 17 bosh maqsadi. 17 5. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish masalalari 22 Xulosa 27 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 29 KirishMakroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda qisqa davr ichida bu maqsadga erishish borasida keng ko‘lamli, asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi va yutuqlar qo‘lga kiritildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan murakkab muammolarning muvaffaqiyat bilan hal etilishi, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi, dastlab iqtisodiy pasayishni bartaraf etilishi va so‘ngra iqtisodiy o‘sishga erishish chuqur o‘ylangan va ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosat samarasidir. Mamlakatda amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat, uning mazmuni va mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, jumladan, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, Inflatsiyaga qarshi siyosat, monetar, budjet - soliq, investitsiya siyosati va investitsiya faoliyatini tartibga solish kabi nazariy masalalar tayyorlarnayotgan kurs ishi mavzusi doirasida o’rganiladi. Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiyotning barqaror o‘sishi hamda aholi faravonligi oshishining kafolatidir. Mamlakatda inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadiga aylangan. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikdan keyingi davrida yuqori inflyasiya darajasi kuzatilganligi va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya bitta raqam bilan ifodalanishiga erishgan. Ammo 2017 yildan mamlakatimizda inflyasiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bunga yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni, hususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul masalasining xal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’minlanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni sabab sifatida keltirishimiz mumkin. Ikkinchi Jahon urushidan keyin markaziy banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati kuchayib bordi. Ular yuqorida keltirgan maqsadga erishish yo‘lida bir qancha usullardan foydalanishgan. Jumladan 1970 yillardagi “neft inqirozi” natijasida ko‘plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kuzatilgan yuqori darajadagi inflyasiyaga Markaziy banklar asosan pul massasi o‘sishini targetlash orqali kurashgan va bu o‘zining ijobiy natijasini bergan. Ammo 1990 yildan keyin markaziy banklar inflyasiyani bilvosita emas balki bevosita tartibga solish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashga o‘tishgan. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilib ko‘ygan. Bunga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli Qarori asos bo‘lganligini ta’kidlashimiz lozim. Inflyasion targetlash asosidagi g‘oya shvetsiyalik iqtisodchi, kapital, narx darajasi va ish xaqining umumiy nazariyasini ilmiy tadqiq qilgan olim Viksell Knutga ta’luqlidir. K.Viksell 1896 yilda Shvetsiya iqtisodchilar assotsiatsiyasida Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani tovar va xizmatlarga nisbatan barqarorligini ta’minlash hisoblanishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. O‘sha davrda Markaziy banklar milliy valyutaning iste’mol tovarlariga qaraganda oltin narxiga nisbatan barqarorligini saqlashni bosh maqsad sifatida bilishgan. Uning bu qarashlari 1914 yilga qadar, ya’ni oltin standartida inqiroz kuzatilganiga qadar qo‘llab-quvvatlanmagan. 1931 yilda Shvetsiya Riks banki bu olimning milliy valyuta barqarorligini iste’mol tovarlariga nisbatan ta’minlash kerakligini amaliyotga joriy qildi va 1931 yil sentyabr oyida o‘z oldiga bosh maqsad sifatida mamlakatda narx barqarorligini ta’minlash qilib belgiladi. 1938 yilda Shvetsiya Riks banki narx darajasining barqarorligini ta’minlashga erishib, iste’mol tovarlar narxini 1928 yildagi narx darajasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Shunday qilib, biz Shvetsiyani inflyasiyani targetlagan davlatlar ichida birinchilardan bo‘lganligini keltirishimiz mumkin. Chunki, inflyasion targetlash xususiyatlari bilan 1931 yilda Shvetsiya Riks bankining narx barqarorligini ta’minlash xususiyatlari bir-biriga juda yaqin hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1990 yilda Yangi Zelandiya birinchilardan bo‘lib inflyasion targetlashga o‘tgan bo‘lsa, 2005 yilga qadar asosan industrial rivojlangan davlatlar Markaziy banklari bu kabi targetlashga o‘tishgan. 2005 yildan hozirgi davrga qadar inflyasion targetlashga o‘tgan davlatlar qatorida rivojlanayotgan davlatlarning ulushi katta qismni tashkil etmoqda. Oxirgi yillarda turli davlatlar Markaziy banklari valyuta kursini targetlashdan yoki pul massasi o‘sishini targetlashdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashni o‘z oldiga asosiy maqsad sifatida belgilamoqda. Hususan, 2010 yilda Xalqaro Valyuta Fondiga a’zo davlatlar Markaziy banklarining 16,4 foizi inflyasion targetlash rejimiga o‘tishgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib, 21,4 foiz davlatlar Markaziy banklari inflyasion targetlash rejimini amaliyotga qo‘llashgan. Ajablanarlisi bu jarayon doimiy o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Bundan, dunyoning ko‘pchilik davlatlari almashinuv kursini targetlash effekt bermayotganligini va inflyasiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri targetlash lozimligini tan olayotganligi borasida xulosa chiqarsak bo‘ladi. Bir qator mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarning pul-kredit siyosatini inflyasion targetlash sifatida izohlash mumkin. Masalan, Amerikaning Stendforsk Universitetining mashhur professori Dj.Teylor, Amerika Qo‘shma Shtatlarining pul-kredit siyosati inflyasion targetlashning empirik qoidasi sifatida tavsiflanadi, deb hisoblaydi. Ushbu qoidaga binoan, Federal Zaxira Tizimi YaIM o‘zgarishining uning potensial ko‘rsatkichidan chetlashishiga hamda mavjud inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichidan chetlashishiga javoban, tizimli ravishda federal fond foiz stavkani (federal Fund Rate) to‘g‘irlab boradi. Nima uchun bir qator mamlakatlar uchun inflyasion targetlash rejimiga o‘tish zamon talabi bo‘lib qolmoqda? O‘ylaymizki, ko‘pchilik davlatlar uchun, shuningdek aksariyat olimlar uchun, mamlakatda narxlarning barqarorligiga (ya’ni past va bir maromdagi inflyasiya darajasiga) erishish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi birinchi omil hisoblanadi. Amaliyot esa shuni ko‘rsatmoqda-ki, iqtisodiy siyosatning, ya’ni bandlikning yuqori darajasi yoki yalpi ishlab chiqarishning o‘sishi kabi maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, barqaror narxlar tamoyiliga zid kelmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar, pul-kredit siyosati yordamida birdaniga bir necha maqsadlarda harakat qilishi, inflyasiyaning o‘sishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Download 49.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling