Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va pul muomalasi. Reja: Kirish Asosiy qism


Pul muomalasi, O’zbekistonda naqd pul muomalasi ko’rsatgichlari


Download 99.94 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi99.94 Kb.
#1392233
1   2   3   4   5
Bog'liq
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va pul muomalasi.

3. Pul muomalasi, O’zbekistonda naqd pul muomalasi ko’rsatgichlari
Markaziy bank 2022 yil yanvar-iyun oylari uchun Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh e’lon qildi.
2022 yil yanvar-iyun oylari uchun Naqd pul muomalasi1

Unda ma’lum qilinishicha, 2022 yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 316,3 trillion so‘mni tashkil etgan.
Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 36,4 foizga oshdi.
Naqd pul tushumlari va chiqimlari grafikasi2

Jumladan, bank kassalariga naqd pul tushumlari 152,3 trillion so‘mni, o‘z navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 164 trillion so‘mni tashkil etdi. 
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida bank kassalariga jami naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshgan bo‘lsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 25 foizga va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 53,4 foizga oshdi. Natijada, jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 2,6 foizli bandga kamaydi. 
Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80,6 foizga (102,3 trillion so‘mga) oshib, 229,2 trillion so‘mni tashkil qildi. Ushbu mablag‘larning 80,1 trillion so‘mi – pensiya, nafaqa va ish xaqi to‘lovlari, 67,9 trillion so‘mi – xalqaro pul o‘tkazmalar bo‘yicha va kartadan kartaga o‘tkazmalar, 47,1 trillion so‘mi – naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 
Ushbu davrda bank kartalaridagi 64,3 trillion so‘mlik (28,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan. Shundan, bankomatlar orqali 50,4 trillion so‘mlik va bank kassalari orqali 13,9 trillion so‘mlik naqd pullar yechilgan.
Banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borildi. Jumladan, Markaziy bank tomonidan joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 11,8 trillion so‘m naqd pullar chiqarildi va 1 iyul holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 25,6 foizni tashkil etdi. 

Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.


Jahon iqtisodiyoti 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi.
2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda.
Bunda, global iqlim sharoitlarning o‘zgarishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarning saqlanib qolishi fonida yalpi taklif hajmining talabga nisbatan sekinroq tiklanishi jahon miqyosida inflyasion jarayonlarning tezlashishiga olib keldi.
2020 yilning so‘nggi choragidan boshlab asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 2021 yil boshidan energiya resurslari narxlarida kuzatilgan sezilarli o‘sish aksariyat davlatlarda inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichidan yuqori shakllanishiga sabab bo‘ldi.
2020 yil va 2021 yilning o‘tgan 9 oyida mamlakatimizda fiskal, monetar va tarkibiy iqtisodiy islohotlar borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiy faollikni va yalpi talabni rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘ldi. Natijada, 2020 yil yakunlari bo‘yicha real iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,7 foizni va 2021 yilning dastlabki 9 oyligida 6,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yil yakunida 6,5-7,2 foizga teng bo‘lishi kutilmoqda.
Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.
Ta’kidlash lozimki, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning kelgusidagi o‘zgarishi bo‘yicha noaniqliklar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Shu bois o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari tashqi va ichki omillarning ta’siri ko‘lami va davomiyligini inobatga olib asosiy va muqobil ssenariylari ishlab chiqildi.
Ssenariylarni shakllantirishda tashqi iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlari, xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyoti va asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha prognozlari, asosiy savdo-hamkor davlatlarda kutilayotgan vaziyatlar, ichki iqtisodiy sharoitlardagi ehtimoliy tendensiyalardan kelib chiqildi.
Jahonda vaksinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezroq tiklanishi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan bo‘layotgan sharoitda ssenariylar shartlarini belgilashda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan bo‘lib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi ko‘zda tutilmaydi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar bo‘yicha uzoq muddatli cheklovlar joriy etilmaydi.
Mazkur ssenariyga ko‘ra, iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi.
Ushbu ssenariy doirasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2022-yilda bank kassalariga jami naqd pul tushumlari 2021-yilga nisbatan 36,6%ga oshgan bo‘lsa, savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar 28,5%ga (36,1 trln.so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 60,4%ga (43,3 trln.so‘m) oshdi. Jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 3% bandga kamayishi kuzatildi.
O‘tgan yilda savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 259,0 trln. so‘mni tashkil qilib, shundan, 62,8%i (162,7 trln.so‘m) naqd shaklda, 37,2% (96,3 trln.so‘m) terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilindi (2021-yilda 64,6%i naqd shaklda, 35,4%i terminallar orqali bank hisobraqamlariga kirim qilingan edi).
Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog‘ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaydi.
Banknotalarning ulushi3

Jumladan, yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning so‘mdagi miqdori bo‘yicha 100 ming so‘mlik banknotlar ulushi — 34,8%dan 41,6%ga, 20 ming so‘mlikning ulushi — 2,1%dan 2,3%ga yetgan.
Shu bilan birga, 50 ming so‘mlikning ulushi — 34,2%dan 27,5%ga, 10 ming so‘mlik ulushi — 14,5%dan 9,4%ga, 5 ming so‘mlik — 12,7%dan 6,5%ga, 1 000 so‘mgacha — 1,4%dan 0,9%ga tushgan.
2022-yil iyul oyida nominal qiymati 200 ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarildi va yil yakuniga kelib ularning naqd pullar tarkibidagi salmog‘i 11,6%ni tashkil qildi.

Download 99.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling