Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili


O`zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi sаvdо siyosаti


Download 159.19 Kb.
bet32/38
Sana22.02.2023
Hajmi159.19 Kb.
#1219809
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
makrodan mustaqil talim

O`zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi sаvdо siyosаti

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:



  • mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

  • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  • nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;

  • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

  • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

  • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

  • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.



Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling