Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili


Оchiq iqtisоdiyotdа pul-krеdit siyosаti


Download 159.19 Kb.
bet37/38
Sana22.02.2023
Hajmi159.19 Kb.
#1219809
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
makrodan mustaqil talim

Оchiq iqtisоdiyotdа pul-krеdit siyosаti

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Yevropa mamlakatlarida koronavirus inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari haqida fikr yuritiladi.


Hozirgi kunda koronavirus pandemiyasi COVID-19 jahon hamjamiyati uchun eng katta muammoga aylanib turibdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) pandemiyani urushga qiyoslamoqda va uning “urush” davri kamida bir chorakdan ikki chorakgacha davom etishini prognoz qilmoqda. Jamg‘arma ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, koronavirus inqiroziga qarshi kurashish “urush davrida”gi chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda Shundan kelib chiqib, mamlakatlar koronavirus inqiroziga qarshi innovatsion va noodatiy usullar bilan kurashishmoqda. Ko‘plab mamlakatlar tomonidan virusning tarqalishini cheklash maqsadida o‘quv dargohlari, ko‘ngilochar maskanlar, sport inshootlari yopilib, tugash muddati noma’lum karantin e’lon qilindi. Muhim bo‘lmagan korxona va tashkilotlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, odamlarning uyda qolishlari talab etilmoqda. Bunday og‘ir sharoitda aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik vakillarini qo‘llab-quvvatlash doirasida soliq-byudjet va pul-kredit siyosati sohalarida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari
O‘zbekistonda koronavirus inqiroziga qarshi kurashish doirasida aholi va iqtisodiyotni COVID-19 ta’siridan himoya qilish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi va mazkur jamg‘armaga 10 trln. so‘m (1 mlrd. AQSh dollaridan ko‘proq yoki YaIMning 1,5 foizi) miqdoridagi mablag‘lar jalb qilinishi e’lon qilindi. Shuningdek, tezkor va favqulodda vaziyatga o‘z vaqtida javob qaytarish maqsadida bir qator vazirliklar va davlat boshqaruv organlari tomonidan inson hayoti va sog‘lig‘ini iqtisodiy manfaatlardan ustun qo‘ygan holda qat’iy harakatlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida pul-kredit siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari orqali COVID-19 ta’siridan aziyat chekayotgan aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hamda tijorat banklariga yordam ko‘rsatmoqda.
Xususan, tijorat banklari tomonidan turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub’yektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln. so‘mlik qarzdorliklarni to‘lashni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar kechiktirishga ruxsat berildi. Chunki, karantin sharoitida insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritilishi va ba’zi bir korxonalarning faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatilishi tijorat banklariga bosimni kuchaytirmoqda hamda aholi va tadbirkorlik vakillari kredit to‘lovlari bo‘yicha muammolarga uchramoqda.
Bunday qiyin sharoitda XVJning bergan tavsiyalar Markaziy bank tomonidan o‘z vaqtida, maqsadli va kelishilgan holda amalga oshirilayotgan mazkur chora-tadbirlar mamlakatimizning koronavirus inqirozidan katta talofatlarsiz chiqib ketishida muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Zero, XVJ ekspertlari markaziy banklar inqiroz davrida jiddiy, ammo vaqtinchalik zarbalarga uchragan qarz oluvchilar va iqtisodiy sektorlar uchun kredit portfellari bo‘yicha to‘lovlarni qayta rejalashtirishda faol bo‘lishlari uchun tijorat banklari bilan aniq va tushunarli aloqa qilishlari kerakligini tavsiya etishmoqda. Shuningdek, bunday og‘ir vaziyatda regulyatorning vazifasi banklarning kapital va likvidlilik buferlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni kreditlash faoliyatlarini davom ettirishini ta’minlash bo‘lishi lozimligini ta’kidlashmoqda.
Shuning uchun, mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va iqtisodiy faollikning keskin pasayishi sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik shaxslarning kreditlari bo‘yicha 7,9 trln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik kechiktirildi va qo‘shimcha 7 trln. so‘m miqdoridagi to‘lovlar restrukturizatsiya qilinishi belgilab olindi.
Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yil aprel-sentyabr oylarida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan 4,7 trln. so‘m miqdoridagi kreditlar muddati uzaytirildi.

Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling