Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja
Qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi
Download 52.08 Kb.
|
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yol
Qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda damoyon bo'ladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to'planishi.2) Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi.Z) Fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo'lishi, ularning qarzlarining ortishi.4) Qishloq aholisi o'rtasida ishsizlarning ko'payishi.
Qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarish o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lganligi sababli, agrar inqirozlar o'ziga xos xarakter kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho'zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o'tgan asrning 70-yillarida boshlanib, har xil iakllarda 90-yillar o'rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobyushyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. Agrar inqirozlarning cho'zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) Yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orkada qolishni taqozo etadi; b) Yer rentasining mavjud bo'lishi va uning uzluksiz sur'atda o'sib borishi. Yer rentasining, avvalo absolut rentaning ko'payishi qishloq xo'jalik (mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi.v) Ko'plab mayda dexqon xo'jaliklarning mavjud bo'lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo'jalikni asosan o'zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o'tkazish va ijara xaqini to'lash uchun ishlab chiqarishni ilgariga miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo'jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko'paytirib yuboradi. Agrar inqirozlar siklli xarakterga ega bo'lmaydi. Qishloq ho'jalik mahsulotlarini ortiqcha iishab chiqarish absolut xarakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki inqiroz ro'y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochliqda yashaydi. Download 52.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling