Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja


Download 52.08 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi52.08 Kb.
#1828486
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘l

Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta'minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o'rin tutadi. Mamlakat xalq xo'jaligi juda ko'p tarmoq va sohalardan iborat bo'lib, ularning rivojlanishi bir-biriga taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste'mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o'z iste'molchisini topadi. Masalan, Qishloq xo'jalik mahsulotlarning ko'pchilik qismi paxta, g'alla, pilla, sut va h.k. anoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlab, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste'molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O'z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari /qishloq xo'jaligi, qurilish va h. k./da unumli iste'mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog'liklikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo'jaligi, sanoatning «a» guruhi bilan «b» guruhi o'rtasidagi va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari o'rtasidagi mutanosibliklar misol bo'ladi.

  • Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta'minlanadi.

  • Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigai sohalari, qishloq ho'jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o'rtasidagi mutanosibliklar va h. k. Shu bilan birga ta'kidlab o'tilgai sohalarning ichidagi tarkibiy bo'linmalar o'rtasida ham bog'liqlik bo'lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go'sht ishlab chiqarish sohalari o'rtasida va boshqalar.

  • Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o'rtasidagi bog'liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o'rtasidaga mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq namoyon bo'lmaydi. Lekin alohida hududiy bo'liimalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog'livlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi.


  • Download 52.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling