Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi nima?


Download 15.61 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi15.61 Kb.
#199988
Bog'liq
Mansurov Zokir mikro MM52


  1. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadi nima?

Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari; iqtisodiy davr va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik muammolari; umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari; foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat muammolari hisoblanadi.

Makroiqtisodiyot fani – turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o‘sish barqarorligini, ya’ni milliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o‘rganadi.

Makroiqtisodiyot fanining ahamiyati nafaqat davlat boshqaruvida umumiqtisodiy siyosatni olib borishi va yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchungina, balki alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xo‘jaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida ham zarur.

Bu muammolarni mikroiqtisodiy tahlil jihatdan, ya’ni alohida iste’molchi, alohida firma va hatto alohida tarmoq darajasidan hal etish mumkin emas. Aynan shuning uchun qator umumiy yoki makroiqtisodiy muammolar mavjud, iqtisodiy nazariyaning mustaqil bo’limi, makroiqtisodiyot mustaqil fani yuzaga kelishi zarurati paydo bo’ladi.



Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi:

  • u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi;

  • makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi;

  • makroiqtisodiyotni bilish kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi.



  1. Makroiqtisodiy siyosatning bir birini to‘ldiruvchi maqsadlariga misol keltiring.

Misol uchun, Bank sohasini rivojlantirishni asosiy bir maqsad deb olsak, uning amalga oshish jarayonida u bilan birga xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari ham o’z o’zidan yechilib ketadi. Birinchi maqsadni to’liq va mvaffaqiyatli amalga oshishi uchun ikkinchi maqsad ham qisman bajarilishi kerak. Shu sababdan birinchi maqsadni amalga oshishi ikkinchi maqsadni ham o’z o’zidan hal bo’lishiga turtki va sabab bo’ladi.
Download 15.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling