Makroiqtisodiy tahlil


mehnat bozori, kapital bozori va tovar bozori


Download 1.84 Mb.
bet23/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

mehnat bozori, kapital bozori va tovar bozori.


6.1-rasm. Klassik modeldagi real bozorlar10
bunda,
W – ish haqi stavkasi; I – investitsiyalar;
R – foiz stavkasi; S – jamg‘armalar;
LS – mehnat taklifi; R – narxlar darajasi;
LD – mehnatga bo‘lgan talab; AD - yalpi talab;
LF – to‘liq bandlik; AS – yalpi taklif.

Y – milliy ishlab chiqarish hajmi;


Y* - potensial ishlab chiqarish darajasidagi ishlab chiqarish hajmi. Klassik model xulosalaridan shuni aytish mumkinki, uzoq davom


etuvchi krizislar iqtisodiyotda bo‘lishi mumkin emas, balki bu faqat


vaqtinchalik nomutanosiblik (disproporsiya)lardir. Bunday nomutanosibliklar bozor mexanizmi bo‘lmish narx mexanizmi o‘zgarishi orqali asta-sekin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.





  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

44

6.3. Keynscha makroiqtisodiy model: asosiy qonun va xulosalar Yuqorida aytib o‘tilganidek, klassik maktab vakillarining iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqidagi asosiy xulosalari davr sinovi (XX asrning birinchi yarmi)ga dosh bera olmadi. AQSh tarixida eng chuqur iz qoldirgan inqiroz – Buyuk Depressiyadan (1929-1933yillar) chiqib ketish yo‘llarini izlash masalasi o‘sha davrning rivojlangan davlatlari oldiga
ko‘ndalang qilib quyildi.

Bu davrda ushbu mamlakatlarda ishsizlik darajasi ortdi, ishlab chiqarish sur’atlari pasaydi va umuman iqtisodiy faollik darajasi susaydi. Masalan, AQShda bu davr ichida YaIM 30%ga kamaydi, ishsizlik darajasi 3%dan 25%ga oshdi va 1940 yilgacha o‘rtacha 19%ga teng bo‘ldi. 1931-1935 yillar ichida sof investitsiyalar manfiy bo‘ldi. Narxlar darajasining pasayishi (iste’mol narxlari indeksi bu davrda 25%ga kamaydi) tovarlar taklifi ortiqchaligini bartaraf etmadi, chunki yalpi talab darajasi unga nisbatan ko‘proq darajada pasayib ketdi. Bir so‘z bilan aytganda, Buyuk Depressiya klassiklarning taklif talabni keltirib chiqaradi (Sey qonuni), degan xulosasini inkor etdi va aksincha, xarajatlar ishlab chiqarish darajasini belgilab beradi yoki bozor iqtisodiyotiga xos ichki qonuniyatlarga ko‘ra talab doimo taklifdan kam bo‘lishini belgilab berdi.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling