Makroiqtisodiy tahlil


Download 1.84 Mb.
bet22/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

klassik maktab;

  • keynscha maktab.

  • 42


    Ular o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilar hisoblanadi: a) bozor kon’yunkturasi o‘zgarishiga narxlar egiluvchanligi va ular moslashuvchanligining tezligi masalasi; b) iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi darajasi va uning dastaklari.


    6.2. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli

    Klassik modelga XVIII asrda asos solingan bo‘lib, uni mazmunan boyitgan buyuk iqtisodchilar: A. Smit, D. Rikardo, J. -B. Sey, Dj. -S. Mill, A. Marshall, A. Pigu va boshqalardir.




    Klassik modelning asosiy qoidalari quyidagilar:



    • iqtisod ikki, ya’ni mustaqil bo‘lgan: real va pul sektoriga bo‘linadi. Bu makroiqtisodiyotda “klassik dixotomiya” tamoyili nomini olgan, ya’ni u ikkita bir-biriga parallel bo‘lgan bozorlar (real va pul)larning o‘zaro neytralligini – ya’ni bir-biriga bog‘liq emasligini anglatadi.




    • barcha real bozorlar sof raqobatli bo‘lib, bu XVIII asr va butun XIX asr davriga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy holatdir.




    • barcha bozorlarda takomillashgan raqobat mavjud bo‘lganligi sababli barcha narxlar egiluvchan.




    • narxlar egiluvchan ekan, bozor muvozanati bozorlarda avtomatik tarzda o‘rnatiladi, A. Smitning “ko‘rinmas qo‘l”, ya’ni bozorlarni o‘z-o‘zini muvozanatga keltirish, tartibga solish (market-clearing) tamoyili amal qiladi.




    • bozor muvozanati bozor mexanizmi orqali avtomatik tarzda ishga tushar ekan, u holda hech qanday tashqi kuch, tashqi agent iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda aralashmasligi lozim.




    • iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu resurslarning cheklanganligi muammosidir, shuning uchun barcha resurslar to‘la bandlik sharoitida samarali va ratsional ishlatiladi.




    • resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarishni, ya’ni yalpi taklifni iqtisodiyotning eng asosiy muammosi qilib qo‘yadi. Shuning uchun klassik model (“supply-side”) iqtisodiyotni yalpi taklif tomonidan o‘rganadi.




    • resurslar cheklanganligi muammosi sekin-asta hal bo‘ladi (miqdor o‘sishi va sifat yaxshilanishi oqibatida). Ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va texnologik jarayon uzoq davom etadigan jarayondir. Barcha narxlar iqtisodiyotda talab va taklif nisbati o‘zgarishiga javoban tez o‘zgarmaydi. Shuning uchun klassik model uzoq

    43


    muddatni tasvirlovchi model hisoblanadi. Narxlarning absolyut egiluvchanligi va bozorlarning o‘zaro muvozanati faqatgina uzoq muddatda kuzatiladi.

    Endi klassik modelda bozorlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqaylik.


    Klassik modelda yuqorida aytib o‘tganimizdek, real bozorlar uchta:



    Download 1.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling