«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan Mavzu: “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida makroiqtisodiy prognozlash va axborot ta’minotining ro’li” Bajardi: 62a-17 I guruh talabasi Ummataliyev B
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yaimni ishlab chiqarish2
Download 1.03 Mb.
|
kurs ishi 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yaimni ishlab chiqarish2
2019 yil yanvar-sentyabr oylaridagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,7 % ga o‘sdi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va 5,6 % darajasida o‘sish qayd etildi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 0,7 f.p.). 2019 yilning yanvar-sentyabri yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 2,4 % darajasida ijobiy o‘sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YAIM mutloq o‘sish sur’atiga ta’siri 0,6 f.p. ni tashkil etdi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida ijobiy o‘sish dehqonchilikda 2,4 % ga va chorvachilikda 2,5 % ga o‘sish hisobiga ta’minlandi. Sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatida 7,0 % ga o‘sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YAIM mutloq o‘sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p. tashkil qildi. Mazkur tarmoqdagi ijobiy dinamika tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 1,9 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 8,9 % ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 1,6 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.3 2019 yilning yanvar-sentyabri yakunlari bo‘yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 34,8 % ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 14,8 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 13,8 %, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 10,5 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,8 %, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 5,7 %, elektr uskunalar ishlab chiqarish – 2,5 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,3 % hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,8 % ni tashkil qildi.4 Savdo (avtotransport vositalarini ta’mirlashni qo‘shgan holda) tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ga to‘g‘ri keldi va 68,0 % ni tashkil etdi.5 Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari) ning ulushi 25,9 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlash 6,1 % ni tashkil qildi. 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 53,9 % ni tashkil etdi. Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 18,0 %, temir yo‘l transportining ulushi 11,3 %, yordamchi transport faoliyatining ulushi 10,1 % va havo transportining ulushi 6,7 % ni tashkil etdi. 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari tomonidan 188 182,7 mlrd. so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat yoki iqtisodiyotda yaratilgan jami qo‘shilgan qiymatning 57,2 foizi yaratildi. Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymatda kichik tadbirkorlik (biznes) ning ulushi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 99,1 foiz, qurilishda 77,9 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasida 40,9 foiz va sanoatda 32,2 foizni tashkil etdi. Respublika bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 14,0 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent viloyati 10,1 % va Samarqand viloyati 7,6 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Respublika YAIMni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2,1 %), Jizzax (2,9 %), Xorazm viloyatlariga (3,7 %) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (3,5 %) to‘g‘ri kelmoqda.6 2019 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha, Toshkent shahri (108,2 %), Toshkent (107,3), Namangan (107,2 %), Andijon (106,9 %), Xorazm (106,6 %) va Farg‘ona (106,1 %) viloyatlarida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi. Respublika darajasiga (105,7 %) nisbatan past o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (102,8 %), Sirdaryo (103,8 %) va Navoiy (104,0 %) viloyatlarida kuzatildi.7 O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan 2019 va 2018 yillarning sentyabr oylaridagi umumiy iste’mol narxlari indeksi quyidagicha tavsiflanadi: 2019 yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlarining ta’siri 37,9 % (2018 yilning sentyabridagi 32,1 %ga qarshi), nooziq-ovqat mahsulotlari 31,4 % (39,5 %ga qarshi), xizmatlar 30,7 % tashkil etdi (28,4 %ga qarshi). O‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan tovarlar va xizmatlar narxidagi o‘zgarishlarning umumiy iste’mol narxlari indeksining o‘sishiga ta’siri dinamikasi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tomonidan inflyasion bosimning bosqichma-bosqich pasayishi bilan tavsiflanadi (ta’siri ulushi yanvar oyida 80,0 %dan sentyabr oyida 37,9 %gacha pasaygan). Salmog‘i jihatidan nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o‘sishiva uning ta’siri esa aksincha, joriy yilning yanvar oyida 13,3 %dan sentyabr oyida 31,4 %gacha oshdi. Xizmatlar tariflarining narxlarining o‘sishi va uning iste’mol narxlari indeksiga ta’siri ulushi 2019 yilning yanvarida 6,7 %dan sentyabr oyida 30,7 %gacha ko‘tarildi.8 Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 234,7 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoat ishlab chiqarish indeksi 107,0 % ni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 8,9 % ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘sishiga qo‘shgan hissasi 6,5 f.p.), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 1,9 % ga (0,3 f.p.), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning – 1,1 % ga (0,1 f.p.) va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 6,2 % ga (0,1 f.p.) o‘sishi hisoblanadi9 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 188,0 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 80,1 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ning ulushi 1,5 % ni (2018 yil yanvar-sentyabr oylarida – 1,7 %), o‘rta-yuqori texnologiyalini – 25,1% (26,8 %), o‘rta-quyi texnologiyalini – 38,2 % (33,4 %) va quyi texnologiyalini – 35,2 % (38,1 %) tashkil etdi. Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va uskunalarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasi – 21,6 % (2018 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan o‘sish 22,3 %), metallurgiya sanoatining ulushi – 22,7 % (6,9 %), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish – 16,1 % (6,4 %), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 15,9 % (8,0 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish – 9,9 % (3,3 %) ni tashkil etdi.10 SHu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda yuk avtomobillari – 1,3 martaga, engil avtomobillar – 1,4 martaga, avtomobil dvigatellari – 1,4 martaga, avtobuslar – 3,8 martaga, yurgizuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari – 1,3 martaga, radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkasi va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari – 1,4 martaga oshdi. Texnologik jihozlarni kapital ta’mirlash ishlari kimyo korxonlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hajmini oshirish imkonini berib, kaliy xlorid (2018 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 107,3 %), karbamid (120,4 %), ammoniy sulfat (116,6 %) ammoniy nitrat (113,8 %), akril va vinilpolimerlari asosidagi bo‘yoq va laklar (122,5 %), kaustik soda (134,7 %), kaliy xlorid (107,3 %) ni tashkil etdi.11 Respublika sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p Toshkent viloyati (respublika sanoat ishlab chiqarish hajmining 16,7 % ulushini), Toshkent shahri (16,7 %), Navoiy (13,5 %), Andijon (10,0 %), Qashqadaryo (6,1 %) va Farg‘ona (6,1 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. SHu bilan birga eng kam ulushi Surxondaryo (1,2 % ), Jizzax (1,5 %), Sirdaryo (2,1 %), Xorazm (2,6 %) va Namangan (2,7 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari sanoat ishlab chiqarishda keskin faollashgani natijasida ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 % ga oshishini ta’minladi va ishlab chiqarish hajmi 80,9 trln.so‘mni, o‘z navbatida kichik biznesning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi esa 34,5 % tashkil etmoqda.12 Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Namangan (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 76,6 %), Toshkent shahri (66,9 %), Jizzax (66,4 %), Samarqand (54,5 %), Surxondaryo (51,2 %), Sirdaryo (48,5 %) va Farg‘ona (42,7 %) viloyatlarida kuzatildi. SHu bilan birga, eng kichkina ulush Navoiy (12,3 %) va Qashqadaryo (22,1 %) viloyatlarida, Andijon (23,6%), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (23,9 %) va Toshkent (27,0 %) viloyatlarida kuzatildi. Bugungi kunda respublikada 68,6 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ulardan 14,7 ming (jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 21,4 %) – Toshkent shahriga, 7,5 ming (10,9 %) – Farg‘ona, 7,3 ming (10,6 %) – Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikada 15841 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan qariyib 51,3 % Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi.13 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilning yanvar–sentyabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 156 667,1 mlrd.so‘mni yoki 2018 yilning mos davriga nisbatan 102,4 % ni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 151 878,8 mlrd. so‘mni (102,3 %), o‘rmon xo‘jaligi – 4 053,4 mlrd. so‘mni (102,1 %), baliq xo‘jaligi – 734,9 mlrd. so‘mni (113,8 %) tashkil qildi. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 96,9 % – dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hissasiga, 2,6 % – o‘rmon xo‘jaligi va 0,5 % baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.14 2019 yilning yanvar–sentyabr oylarida hududlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq ho‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (21 307 mlrd. so‘m) va Andijon (16 703 mlrd. so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Aksincha kam hajmga ega hududlar jumlasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 838 mlrd. so‘m), Sirdaryo (5 310 mlrd. so‘m) va Navoiy (7 014 mlrd. so‘m) viloyatlarini keltirib o‘tish mumkin. Xususan yuqori o‘sish sur’atlari Farg‘ona viloyatida (104,0 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (103,5 %), Surxondaryo (103,4 %) va Qashqadaryo (103,3 %) viloyatlarida kuzatildi. Buxoro (100,2 %), Sirdaryo (100,3 %) va Samarqand (100,6 %) viloyatlarida esa aksincha past sur’atlar qayd etildi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 73,7 %i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 23,8 %i – fermer xo‘jaliklariga, 2,5 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ulushining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar barcha hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishi kuzatildi. 2019 yilning yanvar–sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra jami ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlar tarkibida fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida (31,7 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (82,8 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Toshkent viloyatida (9,2 %) qayd etildi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatida (14,2 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Samarqand viloyatida (66,1 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xorazm viloyatida (0,8 %) qayd etildi.15 O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2019 yilning joriy hisobot davrida asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori ko‘rsatkich saqlanib qolib, 46,0 % o‘sishi qayd etildi. Asosiy kapitalga investitsiyalarning yuqori o‘sish sur’atlariga erishilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlarning yuqori o‘sish sur’atlari asosiy sabab bo‘lib hisoblanib, jami investitsiyalar hajmining – 24,6% yoki o‘tgan yilning mosdavriga nisbatan 3,2 marta o‘sish, shundan to‘g‘ridanto‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 16,0% (yoki 3,1 marta), hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat kafolati asosida chet el kreditlarining – 14,6 % (yoki 166,2%), byudjet mablag‘lari – 8,5% (yoki 190,0%) yuqori o‘sishni tashkil etdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi. Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrda oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Bu yil mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida alohida salmoqli qadam bo‘lgani ta’kidlandi. Haqiqatdan ham, mazkur yilda yurtimizda juda katta ishlar amalga oshirildi. Buni quyidagi raqamlar ham yaqqol qo‘rsatib turibdi. Avvalo, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyiha amalga oshirilganini qayd etish joiz. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya va xizmat ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xususan, 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 198,8 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi o‘rtacha 6 million so‘mga etdi. Xususan, iste’mol tovarlarining jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi – 38,1 foizni tashkil etib, aholi jon boshiga o‘rtacha 2,3 million so‘mga to‘g‘ri keldi. Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning ulushi – 34,9 foizni tashkil etdi. 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida qo‘shma korxonalarning sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmining o‘sishidagi hissasi 10,7 foizni tashkil etdi. Bu iqtisodiyotni yanada takomillashtirish va liberallashtirish, hamda jahon bozorida mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasidir. Sanoat sohasidagi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash yo‘nalishiga yo‘nal- tirilgan investitsiyalar tahlil davri boshida 1514,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, davr oxirida 14203,8 milliard so‘mgacha yoki qariyb 9,4 marta ortgan. Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘sish darajasidan ikki marta ko‘pdir. O‘zbekiston iqtisodiyotining sanoat tarmoqlarida ham asosiy kapitalga investitsiyalarning dinamikasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2010 yilda uning xajmi 2334,9 milliard so‘m bo‘lgani holda, 2017 yilda 12238,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling