Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 162.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy tahlilning vositalari
- Milliy Hisoblar Tizimi
- 1.3. Makroiqtisodiy tahlildan foydalanish sohalari
- Moddiy Mahsulot Tizimi (MMT)
1-MAVZU. MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH FANINING MAZMUNI, PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1.1. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari Iqtisodiy tahlilning predmeti bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimiy harakat va rivojlanishda bо‘lgan predmetlar va hodisalarning tо‘plamidan iborat bо‘lgan tadqiqotchilikdir. Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq о‘zaro bо‘ysunuvchilikda, bir-birini taqozo qilishda va о‘zaro bog‘liqlikda о‘z aksini topadi. Birining holatining о‘zgarib ikkinchisiga о‘tishi aks etuvchi о‘zaro munosabat tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy hodisalarni mantiqiy-uslubiy va gneseologik bilishdir. Mamlakatning iqtisodiy holatini, о‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlar zarurligini, samarasini baholashda makroiqtisodiy tahlil va prognozlash juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bо‘layotgan jarayonlarni modellashtirish sifatini oshirish, о‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalarini aniqlash. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yо‘nalishlardan biri bо‘lib makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni о‘rganish va uni mо‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” ta’lim yо‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. Fanni о‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar tо‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Fanning vazifasi – talabalarni iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; ularga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga kо‘ra asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblash usullarini о‘rgatish; mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashtirish; iqtisodiy qonunlarning byudjetsoliq, pulkredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini kо‘rsatish; talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bо‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish kо‘nikmalarini shakllantirish; prognozlashning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlash va ularni rivojlantirish yо‘llari tо‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘lishini ta’minlashdan iborat.
1.2. Makroiqtisodiy tahlil va MHTning roli Makroiqtisodiy tahlil turli iqtisodiy о‘zgaruvchilar orasidagi funksional о‘zaro aloqalarning parmetrlarini baholashdan iborat. Makroiqtisodiy tahlil о‘tkazilganda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish keng qо‘llaniladi.
vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. Yuqorida aytilgan modellar milliy hisoblar tizimi doirasida joriy, о‘zgarmas narxlarda о‘sish va qо‘shimcha о‘sishning sur’atlarida tuziladi. Milliy Hisoblar Tizimi makroiqtisodiy hisoblarning, aktiv va passiv balanslarning hamda jadvallarning mantiqiy ketma-ket, butun tо‘plamidan iborat. Ularning asosida xalqaro darajada kelishilgan qator tushunchalar, tasniflar va hisoblar qoidalari yotadi. Hisoblarning kompleks tizimi iqtisodiy tahlil, qaror qabul qilish va siyosat, ishlab chiqarish maqsadlari tо‘g‘ri keladigan shaklda iqtisodiy ma’lumotlarni tuzish va berish imkonini beradi. MHT makroiqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni makroiqtisodiy tahlil ehtiyojlari uchun kerakli shaklga tizimli ravishda keltirishga imkon beruvchi buxgalteriya hisobining tizimi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot kо‘rsatkichlari tahlilida, baholashda va monitoringida muhim rol о‘ynovchi axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tan olgan asosdan iborat.
1. Makroiqtisodiy tahlil. 2. Turli davrlar uchun ma’lumotlarning solishtirma tahlili. 3. Mamlakatlararo yoki о‘zaro tahlil. Turli mamlakatlar bо‘yicha ma’lumotlarni taqqoslash. MHT xalqaro tashkilotlar tomonidan foydalaniladi, ta’riflanish va tasniflanishning tegishli xalqaro andozalarga tо‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni berishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar asosida XVFga a’zo mamlakatlarining kvotalarini hisoblashda imtiyozli yordamga huquqlar haqida qarorlar qabul qilinadi. Umuman olganda, mamlakatlararo tahlil turli mamlakatlardagi iqtisodiy holatni taqqoslash uchun qо‘llaniladi. Bunday taqqoslash ishlab chiqarish hajmi kо‘rsatkichlarini umumiy valyutada о‘tkazishni talab qiladi. Amaliyotda YAIMning milliy valyutadagi ma’lumotlarni о‘tkazish bozor kurslarida amalga oshiriladi. Bu ayirboshlash qayta hisoblash maqbul bо‘ladi, agar bozor (yoki rasmiy) ayirboshlash kurslari tegishli mamlakatlarda taqqoslanadigan mamlakalardagi tovarlar va xizmatlarning о‘rta tortilgan narxlar nisbatlariga teng bо‘lsa. Bu о‘zaro aloqani xarid qobiliyatining Pariteti- HQPdan keskin farq qilishi mumkin, bu esa YAIMning ulush koeffitsiyentlarida о‘zgarishlarga va demak, taqqoslashda sistematik xatoga olib keladi.
Markaziy rejalashtirishda pirovard ishlab chiqarish hajmini baholash uchun boshqa tizim – Moddiy Mahsulot Tizimi (MMT) ishlab chiqarish, uning doirasida ishlab chiqarish yalpi hajmi kо‘rsatkichi bо‘lib moddiy ishlab
chiqarishning sof mahsuloti xizmat qilgan. MMTning MHTdan asosiy farqi shundaki, MMTda amortizatsiya va nomoddiy xizmatlar sektorining qо‘shilgan qiymati hisobga olinmagan. MHTda iqtisodiyotning 5 ta asosiy sektori farqlanadi: uy xо‘jaliklari, korxonalar, moliyaviy sektor, hukumat va tashqi sektor. Nazrorat va muhokama uchun savollar 1. “Iqtisodiy tahlil”ning predmeti nima? 2. Makroiqtisodiy tahlil qanday dialektika qonunlarga asoslanadi? 3. Birlamchi statistikani yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? 4. MHT iqtisodiyetning qanday sohalarida ishlatiladi? 5. Makroiqtisodiy tahlilning qanday vositalarini bilasiz? 6. MHT tarixida qanday tendensiyalar birikmasi kuzatilgan ? 7. MHTda iqtisodiyotning qanday asosiy sektori farqlanadi ? 8. Uy xо‘jaliklari vazifasi nimadan iborat? 9. Korxonalar vazifasi nimadan iborat? 10. Moliyaviy sektor- vazifasi nimadan iborat? 11. Hukumatning iqtisodiy roli nimadan iborat? Download 162.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling