Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
Download 42.63 Kb.
|
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-fayllar.org
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash 1-mavzu.“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti Fanning maqsadi va vazifasi. Hodisalar to’plami. Statistik ma’lumotlar. Milliy hisoblar tizimi. Makroiqtisodiy tahlilning vositalari. Ekonometrik vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. MHT. Mamlakatlararo yoki o’zaro tahlil. Moddiy mahsulot tizimi. MHTda iqtisodiyotning asosiy sektori. Makroiqtisodiy jarayonlarini prognozlash. Prognozlash usullari va modellashtirish asosiy mohiyati va tasnifi. 1.Fanning maqsadi va vazifasi Ma`lumki, iqtisodiyotni modenizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida bir qator institutsional tarkibiy o'zgarishlami. xususan, mavjud makroiqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, pul-kredit siyosati, budjet-soliq siyosati hamda toiov balansini, real iqtisodiy sektor va makroiqtisodiy jarayonlaming prognozlash va boshqalarga boigan talabini chuqurroq oiganish, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish masalalarini ommaviy hal qilish lozim. Maqsadga erishish uchun avvalo, har bir sektor va boiim faoliyatining atroflicha, chuqur tahliliga asoslanib, ichki imkoniyatlardan tobora unumliroq foydalanishga, kamroq xarajat qilib, yuqori natijalarga erishishga, ilg‘or tajribalami joriy etishga, ilg‘orlaming tashabbuslarini ommalashtirishga alohida e’tibor berish, sifat ko‘rsatkichlarini muttasil yaxshilab borish kerak. Bu makroiqtisodiy jarayonlarning ish sharoitini hisobga olib, iqtisodiy qonunlaming barcha talablari toiiq bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek, foydalanilmayotgan imkoniyatlami iziab topib, ishga solishni aniqlashni taqozo qiladi. Bunda esa makroiqtisodiy tahlilning muhim ahamiyatini kasb etadi. Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadi esa hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi budjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgich!ami prognozlashdan iborat. Faning mazmuni-makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot obyekti, makroiqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy tahlili, budjet, soliq, pul kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasidagi o‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limtari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlaming iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlami keng yoyish va yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklaming sabablarini o‘rganish hamda ulami imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, makroiqtisodiy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi: iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslarini o‘rganish; makroiqtisodiy tahlilning uslubiyoti va usullarini har tomonlama o‘rganish; makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning axborot ta’minotini mustahkamlash choralarini ko‘rish, kamchiliklami o‘z vaqtida oldini olish; real sektorning batafsil o‘rganish asosida rejaning bajarilishiga baho berish; to‘lov balansining iqtisodiy tahlilga ta’sir qilgan omillar va ularning sabablarini o‘rganish; budjet-soliq sektorining makroiqtisodiy tahlilini qilish va undagi o'zgarishlami amaliyotga tatbiq etishni o‘rganish; pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlil qilish va ilg‘or tajribalarga tayangan holda rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradigan tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish; bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlil yakuniga ko‘ra, ish natijalariga ta’sir qilgan omillar va sabablami o‘rganish; makroiqtisodiy jarayonlaming kelajak holatini aniqlash, prognoz modellari va usullarini to‘liq o‘rganish; aniq obyekt misolida prognozlashni amalga oshirishni o‘rganish. Bu vazifalaming bajaritishini tahninlash uchun makroiqtisodiy tahlil obyektiv va aniq bo‘lishi, muntazam o‘tkazilib turilishi lozim. Noxolis va mavhum tahlil natijalarga noto‘g‘ri baho berilishiga, sektorlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan noto‘g‘ri takliflar kiritilishiga olib keladi. Makroiqtisodiy tahlil shunday vositadirki, uning yordamida makroiqtisodiy tahlil axborot ta’minoti, real sektor, to‘lov balansi, budjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajalar ustidan nazorat yuritish mumkin bo‘ladi. Download 42.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling