Oltinchi
2. Prognozlashning ekspert (logiko-evristik) usullari
kelajakni ekspert baholashning, ya’ni ekspert prognozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu usul amerikalik mutaxasislar tomonidan ishlab chiqilgan va u yoki bu hodisalar ro‘y berish ehtimolini aniqlash va baholash uchun xizmat qiladi.
quyidagi tamoyillarga asoslangan: noaniq fanlarda ekspertlarning fikri va sub’ektiv fikr-mulohazalari zaruriyat tug‘ilganda tabiiy fanlarda ask ettiradigan aniq sababiyat qonunlarining o‘rnini almashtirish lozim.
guruhda kelishilgan ekspertlarning fikrlarini umumlashtirishga imkon beradi. Ushbu usulga ekspert baholash asosida tuzilgan prognozlardagi kabi kamchiliklar xosdir. Biroq REND korporatsiyasi tomonidan ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar prognozlashning egiluvchanligini, tezkorligini va aniqliligini sezilarli darajada oshirdi.
boshqa oddiy ekspertlar ishtirokidagi usullardan uchta jihati bilan farq qiladi. Ushbu jihatlar quyidagilar: a) ekspertlarning no’malumligi; b) oldingi tur so‘rovnoma natijalaridan foydalanish; v) guruh javoblarining statistik tafsiloti.
Delfi usuli:
Delfi usuli:
Delfi usuli:
Delfi usuli:
3. Prognoz ssenariylarini tuzish
Ssenariyni tuzish – shakllangan holatdan kelib chiqqan holda jarayon va voqealarni mantiqan ketma-ketligini izohlash usuli hisoblanadi. Ssenariylarni tuzish vaqtni baholashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ssenariyning asosiy maqsadi –prognoz qilinayotgan ob’ekt, hodisa rivojlanishning bosh maqsadlarini aniqlash va “maqsadlar daraxti” quyi pog‘onalarni baholash uchun mezonlarni shakllantirishdan iborat.
Ssenariylar odatda dastlabki prognoz va prognoz ob’ektini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich materiallar asosida ishlab chiqiladi. Boshlang‘ich materiallar qatoriga texnik-iqtisodiy tafsilotini va qo‘yilgan maqsadlarni echish uchun ishlab chiqarish hamda ilmiy bazaning asosiy jarayonlarning ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Ssenariy o‘zining izohlanishi bo‘yicha boshlang‘ich axborotlarni yig‘uvchi vosita hisoblanib, prognoz qilinayotgan ob’ektni rivojlantirish bo‘yicha barcha ishlar uning asosida tashkil etilishi lozim. SHu bois tayyor holdagi ssenariy diqqatlik bilan tahlil qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |