Makroiqtisodiyot fanidan erkin mavzuda mustaqil ish


Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga


Download 97.56 Kb.
bet5/6
Sana18.12.2022
Hajmi97.56 Kb.
#1028482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tashqi savdo siyosati

Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:

- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;

- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot etkazib berish;

- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish;

- bevosita subsidiyalash kiradi.

Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir.

Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi.

Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo’llanilmoqda.

Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o’sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo’qotishga duch bo’ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi.


Download 97.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling