Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu: is-lm-bp modeli va budjet-soliq va davlatning pul-kredit siyosati harakterini aniqlash. Bajardi


O’zbekistonda pul-kredit siyosati harakteri va istiqbollari


Download 95.91 Kb.
bet7/9
Sana29.09.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1689953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammadali kurs ishi

2.2 .O’zbekistonda pul-kredit siyosati harakteri va istiqbollari
Davlatning monetar siyosati, xususan uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan majburiy zahiralar siyosatini ishlab chiqish va uning vazifalarini amalga oshirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda respublikamiz Markaziy banki tomonidan yuritilayotgan majburiy zahiralar siyosati samaradorligini ta’minlash, uning taktik va strategik vazifalarini to‘liq bajarilishiga erishish masalasi bank tizimini isloh qilish va unga doir tajribalardan eng muhim va markaziy o‘rinni egallaydi.
Majburiy zahiralar siyosatini nazariy jixatlarini o‘rganish uning bevosita pul-kredit tizimi va uni shakllantirishning turli davrlariga xos islohotlarga asoslanishinikeltirib chiqaradi. Majburiy zahiralar siyosati pul kredit siyosatining
muhim bir vositalarining biri hisoblanib, u pul kredit siyosatining boshqa
boshqa vositalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘z mohiyati va ahamiyatini to‘la namayon etadi. Pul- kredit vositalarini dastlabki chuqur va keng tadqiq etish 
mazkur izlanishga katta asos bo‘luvchi XX asrda bir necha martalab dunyoning qator mamlakatlarida kuchli va ayrim vaqtlarda o‘zoq davom etgan beqarorlik vaziyatlarni, ya’ni ulardagikuchli budjet taqchilligi hamda pulkredit siyosatidagi
inflyatsiyani kuchayib ketishi kabi jiddiy holatlar bilan bogliq bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushiga qadar yuz bergan keng qamrovli kuchli iqtisodiy inqirozga uchragan davlatlarning bunday yaratish goyasi yotadi. Keyns ilgari surgan "Kreditni tartibga solish" tamoyili bevosita ushbu nazariyaning asosiy sharti, ya’ni ishlab chiqarishning kreditga boglanganligidan kelib chiqadi va unga o‘zviy boglangan. Keyns iqtisodiyotning siklik rivojlanish sabablarini tovar miqdori va pul miqdori o‘rtasidagi nisbiy ta’sirida narxlarning o‘zgarishi bilan izohlaydigan miqdoriy nazariya vakillaridan farqli ravishda foiz me’yori orqali ko‘rib chiqar ekan, u ishlab chiqarishdagi talab asosiy o‘rin tutishidan kelib chiqqan holda kon’yukturaga ta’sir qiluvchi omillar: bandlik, quvvatlardan foydalanish, iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalariga talab, xulq atvor psixologiyasini ta’riflab berdi. Ssuda sarmoyasi foizi yuqori bo‘lganda tadbirkorlarda "likvidlikni afzal ko‘rish", ya’ni o‘z sarmoyasining pul shaklida saqlash istagi yuzaga keladi. Tadbirkorlarning investitsiyalargaintilishini ragbatlantirish uchun ssuda foizini kamaytirish zarur.
Shuni e’tiborga olish muhimki, II jahon urushidan so‘ng samarali talabni rag‘batlantirishning birinchi, ya’ni foiz stavkasini kamaytirishga asoslangan yo‘li ko‘pincha rad etilgan. Chunki markaziy banklar restraksion pul-kredit siyosatini olib borishga, ya’ni inflyatsiyaga qarshi kurashib, foiz stavkasini oshirishga majbur bo‘lishgan. Bunday tartibga solish 50-60 yillarda ko‘pgina garb davlatlarida kuchsiz 
monopollashgan raqobatli bozorlar sharoitida yetarlicha samarali qo‘llanilgan. Biroq, bozorlar monopollashuvi jarayoni keskin kuchayib, muvozanatlovchi narx mexanizmi ta’siri yo‘qqa chiqishini va inflyatsiyaning yangicha ko‘rinishda (xarajatlar inflyatsiyasi) jadal o‘sishini,shuningdek 70 yillardagi yuqori ishsizlik darajasini keynsiancha
konsepsiya doirasida izohlash mumkin bo‘lmay qoldi. Bu pul-kreditni tartibga 
solishning yangi monetaristik konsepsiyasi tavsiyalaridanfoydalanishning
belgilab berdi. Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank faoliyatining bosh mezoni bu – narxlar barqarorligi, inflyatsiyani nazorat qilish samaradorligidir. Hozirda koʻpchilik tomonidan umumiy qabul qilingan nuqtai nazar: narxlar barqarorligi, iqtisodiy oʻsish va bandlikni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlashdir. Agar mamlakatda yuqori inflyatsiya uzoq muddat davr davom etishi iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Аyni vаqtdа vаlyutа bоzоrini libеrаllаshtirish bоrаsidаgi islоhоtlаrning muvаfаqqiyatli tugаllаnishi ko’p jihаtdаn pul-krеdit siyosаtini tаkоmillаshtirish, tijоrаt bаnklаri fаоliyatini mustаhkаmlаsh hаmdа bаnk tizimini rivоjlаntirish chоrаlаri sаmаrаdоrligi bilаn chаmbаrchаs bоg’liq.
Shundаn kеlib chiqib, O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Vаlyutа bоzоrini libеrаllаshtirish bo’yichа birinchi nаvbаtdаgi chоrа-tаdbirlаr to’g’risidа”gi Fаrmоni1 e’lоn qilinishidаn ko’p o’tmаy O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Pul-krеdit siyosаtini yanаdа rivоjlаntirish chоrа-tаdbirlаri to’g’risidа”gi Qаrоri qаbul qilindi vа Pul-krеdit siyosаtini 2017-2021 yillаrdа rivоjlаntirish vа inflyatsiоn tаrgеtlаsh rеjimigа bоsqichmа-bоsqich o’tish bo’yichа chоrа-tаdbirlаr kоmplеksi tаsdiqlаndi.
Bu bоrаdаgi kеyingi muhim qаdаmlаrdаn biri O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2018-yil 9-yanvаrdаgi “O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy bаnki fаоliyatini tubdаn tаkоmillаshtirish to’g’risidа”gi Fаrmоnining 2- qаbul qilinishi bo’ldi.
Monetarizm nazariyotchilari iqtisodiy agentlarda inflyatsiyaviy rivojlanishga ishonch uygotish hamda maksimal xatar bo‘lgani holda bir me’yordagi uchun
Shartsharoit yaratish maqsadida xo‘jalikni pul(kredit) bilan ta’minlash izchil barqarorlashtirilishi zaruriyatini o‘z konsepsiyalarida asoslab berdilar.
Taraqqiyotning tarixiy oqimi va vaqtning tabiiy tekshiruvidan o‘tish hukumron keynsianchilar konsepsiyasining qator kamchiliklarini ko‘rsatib berdi, bunda monetar lagerga mansub oqimga burilish davrida monetarizm g‘oyalarining eng maqbul va afzal ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Monetarizm dunyoning ko‘pgina mintaqalarini iqtisodiy amaliyotida eng bo‘lib, mamlakatlarni tanazzuldan olib chiqish loyihalarini ishlab chiqdilar. Monetarizm prinsiplarini qo‘llash natijasida qator rivojlanayotgan davlatlarda depressiyalar va tuzilmaviy qayta qurishlar yengib o‘tildi. Pulkredit siyosatining asosiy vositasi sifatida qaysi pul agregatidan foydalanilganidan qat’iy nazar, pul massasini qat’iy nazorat qilishga asoslangan monetaristik tavsiyalari qo‘llanilgan ko‘p davlatlarda iqtisodiyotning pul asosi mustahkamlandi. Bu esa majburiy zahiralar siyosatini olib borish bo‘yicha berilgan tavsiyalarga asoslanganligini anglatadi. Bunda mazkur vosita orqali kredit emissiyasiga ta’sir ko‘rsatish, iqtisodiyotda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar olib borilishi nazarda tutiladi.
Qayta moliyalash stavkasini belgilashda amalda shakllangan inflyatsiya darajasidan tashqari, kelgusida kutilayotgan inflyatsiya ham hisobga olinadi.
Inflyatsiya darajasining pasayishi, qayta moliyalash stavkasining kamaytirilishi va ijobiy foiz stavkalarining ta’minlanganligi o‘z navbatida banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarining ham pasayish tomoniga qarab yuz tutishiga olib keldi.
Bundan tashqari, qayta moliyalash stavkasi umuman iqtisodiyotda muayyan darajada foiz stavkalarining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Amaldagi qonunchilikka, 
tijorat banklari jalb qilingan depozitlar va berilayotgan kreditlar bo‘yicha foiz
stavkalarini o‘zlari mustaqil ravishda belgilashlari mumkinligiga qaramasdan qayt
moliyalash stavkasining kamaytirilishi foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi.

Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling