Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu: is-lm-bp modeli va budjet-soliq va davlatning pul-kredit siyosati harakterini aniqlash. Bajardi


Download 95.91 Kb.
bet8/9
Sana29.09.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1689953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammadali kurs ishi

3.Bob
XULOSA
O‘zbekistonda pulkredit siyosati va uning samaradorligini oshirish yo‘nalishlari masalalariga quyidagi xulosalarga kelish va takliflar ishlab chiqish imkonini berdi:
1. Pul-kredit siyosatining asosiy jihatlaridan biri bo‘lib - pul-kredit va valyuta siyosatining birligi hisoblanadi. Markaziy bank milliy pul birligining ichki barqarorligini ta’minlashda to‘xtamasligining asosiy sababi valyuta sotib olishi va sotishini bevosita bank tizimining likvidliligida namoyon bo‘lishi va uning emissiya bilan bog‘liqligidir.
2.Markaziy banklarning bosh maqsadi bo‘lib - milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bank daromad (foyda) olish maqsadida faoliyat  yuritmaydi. Markaziy bank banklar banki hisoblanadi. Shu jihatdan, u tijorat banklarini barqaror faoliyat yuritishlari uchun faqatgina nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organ sifatida qatnashmaydi. Balki, shu bilan birga Markaziy bank tijorat banklari uchun oxirgi kreditor bo‘lib hisoblanadi.
4.2019-yillarda inflyatsiyaning o‘rtacha darajasi 5,26 %ni tashkil qildi. Inflyatsiya jarayo pasaytirish Markaziy bankga 2020 yil 1 yanvardan qayta moliyalashtirish stavkasini 10 %dan 7%ga pasaytirish imkonini berdi. Bu iqtisodiyot sub’ektlari uchun moliyaviy resurslarni baho omili bo‘yicha olish imkonini oshirdi. Chunki ko‘pchilik kreditlash dasturlarining foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘liqdir.
5.Respublikada amalga oshirilgan pul-kredit siyosati pul bozorida foiz stavkalarini pasaytirishga ko‘maklashdi. 2020 yil davomida banklararo pul bozori amaliyotlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavksi 1 p.p. tushib, 7.6 %ni tashkil qildi. Natijada real sektorga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4% dan 11%.ga pasaydi.
6.Markaziy bankning pul sohasida amalga oshirilgan choralari natijasida monetizatsiya darajasi 2017 yildagi 13.4%dan 2020 yilga kelib 23,2%ga yetdi. Bunga asosan iqtisodiyotga kreditlar, xorijiy investitsiyalar va xorijdan pul o‘tkazmalari hajmining oshishi sabab bo‘lgan.
7. Dissertatsiyani tatqiq etish jarayonida Markaziy bankning kayta moliyalashtirish siyosatida foiz stavkasini belgilashning xalkaro andozasini, ya’ni xisob stavkasini va lombard stavkasini joriy kilish zarurligi namoyon bo‘ldi. Respublika bank tizimida depozitlar uchun berilayotgan foiz stavkalarini o‘rtacha tortilganini xisoblash uchun LIBOR kabi foiz stavkasini amaliyotda qo‘llash milliy valyutani barqarorligini ta’minlash uchun eksport saloxiyatini yanada oshishiga olib keladi. 8.Qayta moliyalashtirish operatsiyalarini kengaytirish orqali monetar siyosatning ushbu vositasining samaradorligini oshirish lozim. Iqtisodiyot sub’ektlarining investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun indikator sifatida qayta moliyalashtirish ahamiyatini oshirish lozim. Tijorat banklari kredit potensialini oshirish uchun majburiy zaxiralar me’yorini pasaytirish lozim. Banklar o‘rtasida teng imkoniyat yaratish maqsadida majburiy zaxiralar me’yorini hisoblash usulini takomillashtirish lozim.
10.Naqd pulsiz hisob-kitob shakllarini rivojlantirish orqali muomaladagi pul massasining naqd pul (banknota)lar hajmini qisqartirishga erishish zarur; Naqd pullik va naqd pulsiz oborotlar o‘rtasidagi sun’iy farqlilikni yo‘qotish kerak.
11.Foiz stavkasi (rasmiy hisob stavkasi, stavkalar chegarasi, qayta moliyalashtirishdagi jarima stavkalari, rezerv talablari orqali) siyosati orqali yalpi pul massasini tartibga solish tizimini kiritish kerak.
12.Markaziy bankni faqat Oliy Majlisga hisob berishligini qonundan bilamiz, lekin, qonunchilikda Markaziy bank tomonidan davlatning kreditlash chegarasini aniq belgilab qo‘yish lozim. Aks holda pul-kredit sohasini tartibga solishda yetarli
darajadagi samaraga erishib bo‘lmaydi;
13.Xukumat butun bank tizimini tartibga solish uchun o‘z ta’sirini kamaytirgan holda Markaziy bankka yetarli vakolatlardan va instrumentlardan foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishi kerak. Ya’ni, iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada jadallashtirish lozim.


Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling