Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc
Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
makroiqtisodiyot (1)
16.3. Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste’moldagi o’zgarishlar kabi omillarga bog’liq. Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: 1. Mamlakatlar o’zlarida ortiqcha bo’lgan ishlab chiqarish omilini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o’zlarida taqchil bo’lgan ishlab chiqarish omillarini ko’p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 2. Xalqaro savdo yo’lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi. 3. Mahsulotlar eksporti o’rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti egallaydi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar miqdori o’rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo’lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi. Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda «Leontyev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. V.Leontyev AQSh kapital ortiqcha bo’lgan mamlakat bo’lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko’rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko’ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko’proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo’lib chiqdi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling