Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/178
Sana02.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#198696
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   178
Bog'liq
makroiqtisodiyot (1)

 
 

18-Mavzu. To’lov balansi 
Reja 
18.1. To’lovbalansitushunchasivauningtuzilishi. 
18.2. Joriyoperasiyalarhisobibalansi. 
18.3. Kapitalharakatihisobibalansi. 
18.4.To’lovbalansiningtarkibiyqismlario’rtasidagibog’liqliklar. 
18.5. To’lovbalansinimakroiqtisodiy tartibga solish vositalari va 
usullari. 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18.1. To’lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. 
 
To’lov  balansi  —  ma’lum  davr  mobaynida mamlakat rezidentlari va  tashqi 
dunyo  o’rtasida  bo’ladigan  bitimlar  statistik  qayd  qilingan  hujjatdir.  U 
mamlakatning  iqtisodiy  aloqalarini  aniq-lo’nda  ifodalab  pul-kredit,  valyuta, 
byudjet-soliq,  xalqaro  savdo  siyosatining  hamda  davlat  qarzini  boshqarish 
yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. 
Mamlakatning  ma’lum  vaqtdagi  barcha  xalqaro  iqtisodiy  faoliyati,  shu 
jumladan,  tashqi  savdo,  kapital  va  ishchi  kuchi  migrasiyasi  ham  to’lov  balansida 
o’z  aksini  topadi.  Har  qanday  tashqi  iqtisodiy  bitim  valyuta  ayirboshlash  va 
valyuta  operasiyalari  orqali  amalga  oshiriladi.  Demak,  mamlakatning  jahon 
bozoridagi  faoliyati  natijalari  pirovardida  xorijiy  valyuta  tushumlari  va 
xarajatlarida  ifodalanadi.  Shuning  uchun  ham  to’lov  balansini  bir  tomondan, 
chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan 
barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin.  
To’lov  balansida  barcha  iqtisodiy  bitimlar  ikkita  katta  guruhga  bo’linadi: 
joriy  operasiyalar  va  kapital  harakati  bilan  bog’liq  operasiyalar.  Shunga  ko’ra 
to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:  
1. Joriy operasiyalar hisobi; 
2. Kapital harakati hisobi. 
Joriy  operasiyalar  hisobida  mahsulotlar  va  xizmatlar  eksporti  «plyus», 
import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operasiyalar hisobida 
ichki  mahsulotlar  eksporti  kredit,  aksincha  mamlakatga  mahsulotlar  olib  kelish  - 
import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta 
ishlab topib, mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta 
chiqib  ketishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o’z  navbatida  mamlakat  valyuta  zahirasini 
kamaytiradi.  
 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling