Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
makroiqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.5. To’lovbalansinimakroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
y 18-Mavzu. To’lov balansi Reja 18.1. To’lovbalansitushunchasivauningtuzilishi. 18.2. Joriyoperasiyalarhisobibalansi. 18.3. Kapitalharakatihisobibalansi. 18.4.To’lovbalansiningtarkibiyqismlario’rtasidagibog’liqliklar. 18.5. To’lovbalansinimakroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 18.1. To’lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi. To’lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o’rtasida bo’ladigan bitimlar statistik qayd qilingan hujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo’nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo’nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi. Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migrasiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operasiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to’lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to’lovlar ko’rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. To’lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi: joriy operasiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operasiyalar. Shunga ko’ra to’lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat: 1. Joriy operasiyalar hisobi; 2. Kapital harakati hisobi. Joriy operasiyalar hisobida mahsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operasiyalar hisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga mahsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zahirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida mamlakat valyuta zahirasini kamaytiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling