Makroiqtisodiyot fanidan ma'ruza matni doc
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
makroiqtisodiyot (1)
17.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash. Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi. Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga: - eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; - reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish; - firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish; - bevosita subsidiyalash kiradi. Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensasion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir. Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o’sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo’qotishga duch bo’ladilar. Tanqibozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Bu yerda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling