X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof
eksport;
S + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya)
Joriy
operasiyalar
balansida
kamomad
bo’lgan
sharoitda,
mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam
bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini
xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operasiyalar sof xorijiy
aktivlarning kamayishiga olib keladi.
18.3. Kapital harakati hisobi balansi
Investisiyalash va kreditlash bilan bog’liq operasiyalar to’lov balansining
keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi.
Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish
va sotish bilan bog’liq operasiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital
harakati hisobi balansida korxonalar, yer, uy-joylar, qimmatbaho qog’ozlar,
aksiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq
kapitallar oqimi aks ettiriladi.
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operasiyalar
ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |