Makroiqtisodiyot fanidan Mustaqil ishi


Download 90.29 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi90.29 Kb.
#1380148
Bog'liq
Kompaniyaning nazorat organlari Taftish komissiyasi, ichki auditor



Makroiqtisodiyot fanidan
Mustaqil ishi

Bajardi:___________________


Guruh: 3-kurs guruh
Tekshirdi: Shaymanov J

Kompaniyaning nazorat organlari: Taftish komissiyasi, ichki auditor. tashqi auditor


Reja:
Kirish

  1. Kompaniyalarning nazorat organdari.

  2. Korrupsiyasiz ijtimoiy hayot

  3. Taftish komissiyasi, ichki auditorlar tashvish auditorlar

  4. Xulosa

  5. Adabiyotlar

Kirish
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.


Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish davomida milliy qonunlarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarini singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi va bu munosabat 2008 yilda qabul qilingan «Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topdi.
2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;

  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.
Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.
Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.
Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.
Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usul qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadBu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmala yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samaral kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. 

Xulosa
Bizga ma’lumki, necha asrlardan buyon chuqur ildiz otib, insoniyatning sog’lom raqobatlashishi uchun to’sqinlik qiluvchi, saviyasi past bilim salohiyati yetarli bo’lmagan insonlarni qo’llab-quvvatlovchi jamiyatning asosiy kushandasi bo’lgan korrupsiya va unga qarshi kurashish anchayin murakkab jarayon bo’lib, hanuzgacha unga qarshi kurashlar davom etib kelmoqda. Xo’sh korrupsiya o’zi nima va uning oqibatlari qanday? Inson nima sababdan bu illatga ergashib, qing’ir yo’llar bilan boylik orttirishga harakat qiladi.
Dastavval korrupsiyaga to’xtalsak, ma’lum bir mansabdor shaxsning o’z lavozimidan, egallab turgan kursisidan foydalanib, qonunga zid ravishda jinoyat sodir etishidir. Korrupsiyani jinoyat deb aytishimizga sabab bu jarayonda pora oluvchi ham, pora beruvchi ham o’z shaxsiy ehtiyoji, boyishi haqida o’ylaydi.Ular bu harakati orqali jamiyatning sog’lom rivojlanishiga bolta urayotganliklarini umuman his qilishmaydi. Korrupsiyaning ildizlariga nazar tashlaydigan bo’lsak ham, u uzoq o’tmishga borib taqaladi. Qadimdan insonlar qabila, urug’ bo’lib yashagan paytlardan boshlab, biror mansabga erishish uchun qabila sardori yoki qabila oqsoqoliga sovg’a-salomlar hadya qilganlar. Qimmatbaho sovg’a bu odamni boshqalardan ajratib turgan va uning talablari so’zsiz qondirilgan.
Unga qarshi kurashgan ilk hukmdor bu 2,5 ming yil avval yashagan Shumer podshohi Uruinimgina bo’lib, u o’sha zamonlarda bu borada turli-hil harakatlar olib borgan. Yoxud buyuk tarixga ega qadimgi Rimda ham mansabdor shaxslar konsullikka saylanishdan oldin saylovchilarga turli sovg’a- salomlar berishgan.

Jamiyat rivojining asosiy kushandasi bo’lmish korrupsiya o’z ichida bir necha turlarga bo’linib, ulardan eng keng tarqalgan turlari poraxo’rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm hisoblanadi. Xo’sh, bu illatning jamiyatda ildiz otib ketishiga asosiy sabab nima va nima uchun insonlar korrupsiya jinoyat ekanligini bila turib uning ortidan ergashadilar. Sababi, inson borki- nafs bor deganlariday insonlar o’z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, noqonuniy, qing’ir yo’l bilan bo’lsada oson pul topib maqsadlariga erishish uchun korrupsiyaday illatga ergashadilar. Tabiiyki, sog’lom raqobat bo’lmagan davlatda rivojlanish taraqqiyot ham bo’lmaydi. Negaki, inson psixologiyasi shu tizimga moslashtirilgan bo’lib, uning biror harakatni, funksiyani bajarish uchun turtki kerak, turtki esa bu tanqid, xatolarni tuzatish, maslahat berish ammo bu kabi vositalarni korrupsiya yo’qqa chiqarib, u shaxs rivojiga emas balki tanazzuliga sabab bo’ladi.Bu haqida hattoki Qur’on Karimda ham shunday yozilgan:


Mol va (boylik) o’rtalaringgizda botil (yo’llar) bilan yemanggiz. Shuningdek bila turib odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yo’li bilan yeyish(o’zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola etmanggiz! (Qur’oni Karim, Baqara surasi,188-oyat)Korrupsiya jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy muammolar natijasida turli hil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Fuqorolar o’zlarining turli hildagi muammolarini hal qilolmasligi natijasida davlat mansabidagi shaxsga turli noqonuniy hadyalar (pora) tuhfa etib, o’zlarining yumushlarini oson yo’l bilan hal qilishga harakat qilishadi. Bularning barchasi bilimsizlik, o’z ishiga mas’uliyatsizlikka borib taqaladi.Statistika ma’lumotlariga ko’ra, poraxo’rlik ayni paytga kelib nihoyatda kuchayib bormoqda. Biz buni har bir sohada ko’rishimiz mumkin: tibbiyot, ta’lim, iqtisod.
Jamiyatdagi shaxslarning korrupsiya haqidagi bilimlarini oshirish, uni cheklash maqsadida BMT tomonidan 9-dekabr “Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni deb belgilandi. Korrupsiya bu davlat mablag’larining samarasiz taqsimlanishiga, tadbirkorlarning sinishiga, iqtidorli, malakali kadrlarning boshqa davlatga chiqib ketishiga yoxud imkon yo’qligi, qo’llab-quvvatlash, e’tibor bo’lmagani sabab o’zlarinining g’oyalarini amalga oshmay qolishiga sabab bo’ladi. Korrupsiya xususan xalqaro savdoda million-milliardlab ziyon keltiradi. Jumladan, birgina nemis korporatsiyalarining bunday xarajatlari yiliga 5-6 milliardni tashkil etgan.Yoki korrupsiyaga qarshi harakatlarni Singapur davlati misolida ko’radigan bo’lsak, u o’zining bu boradagi qat’iy yo’li bilan ajralib turadi. Bu davlat mustaqillikka erishgan paytda g’oyatda qashshoq bo’lib, hatto ichimlik suvi va qurilish qumini ham import qilishga majbur bo’lgan. Mamlakatda korrupsiya oddiy holat bo’lib, jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borgan. Bunga asosiy sabab esa qonunchilikning samarasiz ekanligi va korrupsion amaliyotga ko’p sonli mansabdorlar jalb etilganligi bois jinoyatlar dalilini topishi juda qiyin edi. Aholi juda past darajadagi ma’lumot va huquqiy madaniyatga ega bo’lib, pora u yoki bu resurslarni qo’lga kiritishning yagona yo’li korrupsiya bo’lib qolgandi. Departament xodimlari noqonuniy yo’l bilan olib o’tilayotgan yuklardan pora olar, do’kon sohiblari va turar-joy aholisi jamoat sog’ligini saqlash departamenti ishchilariga chiqindini tozalash uchun ham haq to’lardi. Bu haqida ”Hokimiyatni o’z manfaatlariga konvertatsiya qilish bobida insoniyat kayfiyotlari cheksiz”,-deydi Li Kuan Yu asarlaridan birida.
Mamlakatning og’ir ahvolda ekanini tushungan hukumat jamiyatda halollik va ochiqlik iqlimini yaratishga qaror qildi.”Vijdonli bo’lish va sotilmaslik” tamoyili yaratildi, bu tamoyil tarkibida esa korrupsiya va o’zboshimchalikni jilovlash muhim ekanligi va busiz mamlakat kelajagi yo’qligi, mansabdorlar xatti-harakatlari reglamentlashtirish, byurokratik jarayonlar soddalashtirish, axloq me’yorlariga rioya etish ustidan qat’iy nazorat o’rnatish ko’zda tutildi. Shu bilan birga korrupsion harakatlar jinoiy jazo choralari keskinlashtirildi, sud tizimining mustaqilligi va sudyalar maoshi keskin oshirildi va ularning imtiyozli maqomi tasdiqlandi, pora berish yoki aksilkorrupsiyaviy surishtiruvda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi. Bu kabi chora tadbirlar esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, mansabdor shaxslar lavozimiga faqat malakali, yetuk kadrlarni tanlab olish bilan uyg’unlikda olib borildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilayotgani haqida fikr yuritsak, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210\11\12\213-moddalari aynan korrupsiya haqida:210-modda.Pora olish
Pora olish ya’ni davlat lavozimidagi mansabdor shaxsning noqonuniy yo’l bilan o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda boshqa bir shaxsning iltimosini,taklifini o’z maqsadlari yo’lida, boylik orttirish ilinjida biron-bir vositachi orqali pul mablag’Iar yoki sovga’ salomlar qabul qilib olishi…
Pora oluvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksida eng kam ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo’llaniladi.Bu holat takror yana qo’llangan holatlarda esa 5 yildan 10 yilgacha,uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab qilingan harakatlar uchun esa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
211-modda Pora berish.
Pora berish ya’ni ma’lum bir mansabdor shaxsga o’z xizmat mavqeidan foydalangan holda boshqa bir subyekt tomonidan o’z manfaati yuzasidan qonunga xilof ravishda pul mablag’i yoki boshqa hadyalarni vositachi yoki o’zi to’g’ridan-to’g’ri berishi uni mulkiy manfaatdor etish.Bu harakat ham Jinoyat kodeksida eng kam ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha jarima yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi deyilgan.
212-modda Pora olish va berishda vositachilik qilish
Pora olish va berish jarayonida vositachilik qilish shuningdek bundayin harakatlarni tashkillashtirish eng kam ish haqining 50 barobaridan 100 barobarigacha jarima yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.Basharti pora olish va berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqida 30 sutka davomida o’z xohishi bilan azr qilsa, chin ko’ngildan pushaymon bo’lib,jinoyatni ochishga yordam bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Shuningdek, 2016-yil 24-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi” gi qaror qabul qilinib, qonun 13-dekabrda Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi. Ushbu qonun 6 ta bob, 34 moddadan iborat bo’lib, qonunning 3-moddasida korrupsiyaga quyidagicha muxtasar ta’rif berilgan: ”Korrupsiya-shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga hilof ravishda foydalanishi, shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik-korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; qonunning 4-moddasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari bayon etilgan bo’lib xususan, unda qonuniylik, fuqorolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqorolik jamiyatining hamkorligi, javobgarlikning muqarrarligi bayon etilgan.

Shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyani cheklash va unga butkul chek qo’yish maqsadida joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etilib, unga barcha O’zbekiston fuqorolari o’zlari duch kelgan muammo va shikoyatlari bilan murojaat qilishlari mumkin. Xalq qabulxonlarida ochiqlik, shaffoflik shu bilan birga teng huquqlik tamoyillari ilgari suriladi. Har bir jamiyat, davlat rivojlanishi uchun zarur bo’lgan raqobatbardosh kadrlar masalasi esa bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo’lib,”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy yo’nalishlaridan biri ham kadrlar bilim saviyasi, ishga fidokorligi, halolligiga qaratilgan.


Azal-azaldan ota-bobolarimiz “halol luqma”, “halol peshona teri” kabi iboralarni ko’p bora qo’llaganlar ammo bugungi kunga kelib bu birikmalar tarkibidagi halollik so’zi o’z ahamiyat darajasini biroz yo’qotganday, insonlar onggida halollik bu ro’yo narsaday goyoki hech bir narsaga o’z kuching, intilishing bilan yetishishni iloji yo’qday ko’kdan chalpak kutib umr o’tkazmoqdalar ammo o’zimizga bir on savol beraylik tangrim bizga taqdim etgan hayotda qanday yashayapmiz insoniyatning gultoji bo’lmish halollik nonini qanday topayapmiz. Birovlarni aldabmi? Yoki birovning mansabi evazigami? Yoki palonchini o’g’li yoki qizi bo’lganimiz uchun kekkayib yurgandirmiz!!!
Xulosa
Bu o’rinda jamiyatdan ayb qidirish bu eski yo’l! Sababi fikrlarimiz boshida aytganimizday korrupsiya va u keltirib chiqarayotgan nojo’ya illatlar qadim-qadimdan mavjud bo’lib, bunga qarshi har bir davlat o’z yo’nalishini, strategiyasini tanlab bo’lgan. Eng katta ayb bu jamiyatni asosi bo’lgan, ammo hali to’laligicha ma’naviyati shakllanmagan, dalxdorlik hiss mavjud bo’lmagan, har bir voqea-hodisaga loyaqd bo’lgan shaxslardadir. Sababi korrupsiya hech bir davlatni rivojlantirmagan, xalqini boy qilmagan bu harakat orqali faqat ma’lum bir shaxsgina moddiy boylikka erisha oladi. Ammo shundayin hayot haqiqatini anglab yetmagan manfur kimsalar davlat rivojiga bolta uradi uni taqdirini part saviyali, bilimsiz kadrlarga ishonib qo’yadi. Nima bo’lganda ham halollikni kasb qilish,halol luqma, mansab toppish bu insonni eng go’zal amallaridan biri bo’lib hisoblanadi. Halollik atamasi shuningdek faqatgina moddiy ashyolar uchungina emas,balki ma’naviyatga nisbatan ham ishlatilib, ma’naviyati halol bo’lgan har qanday odam harom yo’l bilan topilgan moddiy boylikdan hazar qiladi. Sababi bu qing’ir yo’l bilan topilgan boylikni unga yuqmasligi haqida tushuncha mavjud. Birgina pora olish va berish jarayoniga nazar tashlasak ham, o’sha jinoyatni tashkil qilayotgan tashkilotchi va qatnashuvchi yurak-yurakdan o’ylab ko’rsinchi….Ota-onasi u bolaligida ko’chadagi o’rtog’ining mashinasini urib olib berganmi yoxud dadasi biron marta uyiga o’g’irlangan narsa olib kelganmi…Hech bir ota-ona meni nazdimda bolasini kelajakda noqununiy yo’llar bilan boylik orttirishini istamasa kerak.Shu sabab ham korrupsiyaga ergashishdan oldin atrofimizga,ota-bobolarimiz amaliga nazar tashlaylik.
Fikrim so’nggini quyidagi bir buyuk insonni ibratlari bilan nihoyalamoqchiman:
Sen, ulug’ va mashhur bo’lmasang ham hech qisi yo’q. Sen, pok vijdonli, mehnatkash va odobli kishi bo’lganing bilan farxlan. Har qanday kerakli narsani yaxshi qilishda katta xursandchilik bor. Axir, bu juda muhim –Hayotni munosib tarzda o’tkazish juda muhim.
Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr


O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni.
Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent: O‘zbekiston, NMIU, 2018.
Sh.M.Mirziyoevning. Konstitutsiya — erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. –Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2018.
SH.M. Mirziyoev. - Toshkent: O‘zbekiston, NMIU, 2017
SH.M. Mirziyoev. - Toshkent: O‘zbekiston, NMIU, 2016.
Sh.M.Mirziyoevning Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2020 yil
Sh.M.Mirziyoevning. Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent: O‘zbekiston, NMIU, 2018
Xodiyev B.Yu., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2018
Shodmonov. Sh., Mamaraximov Iqtisodiyot nazariyasi. T.:2016
Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b.
12.O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqidan. Toshkent . 17.02.2017
13..Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. A.E.Ishmuhammedov, Z.A.Djumaev, Q.X.Jumayev. Toshkent 2006
14.Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. B.T.Salimov, M.T.Asqarova, I.A.Yakubov, M.S.Yusupov, G’.T.Yuldoshev,H.A.Hakimov. Toshkent 2019
15. Makroiqtisodiy tahlil. M.T.Haydarov, M.Z.Kalanova. Toshkent 2004

Internet saytlari


1...http://yandex.com/
2…http://fayllar.org/
3…http://arxiv.uz/
4….http://ziyonet.uz/ru
5….http://referat.arxiv.uz/
6….http://aim.uz/
Download 90.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling