«Makroiqtisodiyot» fanidan
Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning birligi moliya siyosatining mazmunini aniqlab beradi
Download 121.5 Kb.
|
24-Mavzu Moliya bozori vа soliq siyosаtini tаkomillаshtirish yo’llаri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya siyosatining turlari
- Moliyaviy taktika
Yuqoridagi asosiy bo‘g‘inlarning birligi moliya siyosatining mazmunini aniqlab beradi.
Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik oliyjanob, jozibali bo‘lmasin, davlatning amaliy harakatlari, chora-tadbirlari bilan ta’minlanmasa, inqirozga duchor bo‘ladi. Moliya siyosatining turlari Xal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va davrining uzoqligiga qarab, moliya siyosati: 1. Moliyaviy strategiya. 2. Moliyaviy taktikaga bo‘linadi. Moliyaviy strategiya – moliya siyosatining istiqbolga (kelajakka) mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni xal etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kursi. Uni ishlab chiqish jarayonida moliyaning rivojlanish asosiy tendensiyalari taxmin qilinadi, ulardan foydalanish konsepsiyalari shakllanadi, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillari ko‘zda tutiladi. Moliyaviy taktika — moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshiradi. Rivojlanishni har bir bosqichining moliyaviy strategiyasi obyektiv iqtisodiy sharoitni hisobga oluvchi iqtisodiy strategiyaning vazifalari bilan belgilanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning dastlabki bosqichida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy strategik maqsadlari quyidagicha belgilangan: 1. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish; 2. Ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; 3. Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik faoliyatiga davlat tomonidan aralashuvda huquqiy asoslar va vositalardan foydalanish; 4. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish. Mazkur iqtisodiy strategik vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarda moliyaviy taktika ishlab chiqiladi va tegishli moliya mexanizmi shakllantiriladi: - qattiq moliya siyosatini amalga oshirish, davlat budjeti taqchilligini iloji boricha kamaytirish, dotatsiya va subvensiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirib borish; - budjetdan mablag‘larni eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina ajratish; - investitsiya kreditlaridan keng foydalanish; - soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlarini barqaror bo‘lib turishini ta’minlaydigan mustahkam soliq siyosatini olib borish va h.k. Moliya siyosatining strategiyasi va taktikasi o‘zaro bog‘liqdir. Taktik vazifalarni xal qilish uchun strategiya qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika esa, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi rivojlanishning xal qiluvchi joylarini va muhim muammolarni aniqlash, moliyaviy bog‘liqliklarni tashkil etish shakllari va usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalga oshiradi. Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi. Moliya siyosati moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi. Moliyaviy munosabatlar - obyektiv voqelik iqtisodiy munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning to‘g‘riligini tekshirish mezonidir. Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling